Tolibon etnik oʻzbekni Oʻzbekistonga elchi etib tayinladi
Tolibon hukumati etnik oʻzbek Abdul Gʻaffor Tiraviyni Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinladi. Tiraviy bunga qadar Afgʻoniston Oliy sudining tadqiqot boʻlimi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Tolibon
hukumati Abdul Gʻaffor Tiraviyni Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi etib
tayinladi, deya xabar berdi Tolo News. Qayd etilishicha, tomonlar bu borada
kelishuvga erishgan va Tiraviyning tez orada Toshkentda ish boshlashi kutilmoqda.
Etnik
oʻzbek Abdul Gʻaffor Tiraviy avval Afgʻoniston Oliy sudida tadqiqot boʻyicha
direktor lavozimida ishlagan. Sobiq elchi Mugʻfurulloh Shahob «Tolibon» rahbari
Haybatulloh Oxundzoda amaldorlarning yaqinlarini davlat lavozimlariga tayinlashni
taqiqlaganidan soʻng isteʻʻfoga chiqdi.
2024 yil
avgust oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda yangi afgʻon
diplomati faoliyatini boshlash boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganini bildirgandi.
Avvalroq
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Afgʻonistonga tashrifi chogʻida umumiy
qiymati 2,5 milliard dollarga teng boʻlgan 35 ta hujjat imzolangan.
Mamlakatlar
oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini joriy yilda 1 milliard dollarga, kelgusida
esa 3 milliard dollarga etkazish maqsadi koʻzlangan oʻzaro savdo masalalari ham
muhokama qilindi.
Abdulla
Aripov, shuningdek, Oʻzbekiston Afgʻonistonni qiymati 4,8 milliard dollarlik Transafgʻon
temir yoʻli qurilishida qoʻllab-quvvatlashiga ishontirdi. Oʻz navbatida, Afgʻoniston
bosh vaziri oʻrinbosari Mavlaviy Abdul Kabir Afgʻoniston barqarorligi va
rivojlanishi uchun muhim boʻlgan TAPI (Turkmanistondan Afgʻoniston, Pokiston va
Hindistonga qurilayotgan 1735 km magistralʻ gaz quvuri) va CASA-1000 kabi
mintaqaviy loyihalarda Oʻzbekiston ishtirokining muhimligini taʻʻkidladi.
Kabir
shuningdek, Afgʻoniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʻʻzo boʻlish imkoniyatini
koʻrib chiqayotgani va mintaqa xavfsizligini taʻʻminlash uchun barcha imkoniyatlarni
ishga solayotganini tilga oldi.