Rossiyadagi YTHda 7 oʻzbekistonlik halok boʻldi
Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida «Qozogʻiston-Moskva» yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan Hyundai mikroavtobusi KІA serato mashinasi bilan toʻqnashdi. Oqibatda 7 oʻzbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok boʻldi, 3 kishi jarohatlandi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.
Rossiyaning
Nijniy Novgorod viloyatida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 7 nafar
oʻzbekistonlik vafot etdi, deya xabar bermoqda Oʻzbekistonning RFdagi elchixonasi.
Qayd etilishicha, holat 1 sentyabrʻ kuni soat 11:00 atrofida
M-12 «Vostok» federalʻ avtomagistralining Navashinskiy tumanidan oʻtgan qismida
sodir boʻlgan. 32 yoshli Tojikiston fuqarosi boshqaruvida boʻlgan Hyundai
mikroavtobusi «Qozogʻiston-Moskva» yoʻnalishida harakatlanib ketayotib, KІA serato
mashinasi bilan toʻqnashgan.
Oqibatda 8 kishi halok boʻlgan, ulardan 7 nafari Oʻzbekiston
fuqarolari (6 erkak va bir ayol) ekani aniqlangan. 3 nafar fuqaro (ikki erkak va
bir ayol) turli xil tan jarohatlari bilan viloyat tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.
Oʻzbekiston
prezidenti
topshirigʻiga muvofiq, hukumat tomonidan tez orada halok boʻlganlarning
jasadlarini vataniga qaytarish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik
bilan hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Ushbu masala Vazirlar Mahkamasi va Moskvadagi elchixona
tomonidan alohida nazoratga olingan.
Oʻzbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi rahbariyati va
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur
yordam koʻrsatmoqda, deyiladi xabarda.