Rossiyadagi oʻzbeklar jamiyati rahbari Usmon Baratov toʻrt yilga qamaldi
Rossiyadagi «Vatandosh» oʻzbek jamiyati rahbari Usmon Baratov Moskva viloyati Stupinskiy shahar sudi tomonidan toʻrt yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U aholi oʻrtasida adovat va nafrat uygʻotganlik (RF Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi) moddasi boʻyicha aybdor deb topildi.
Eslatib
oʻtamiz, Baratovga qarshi ish yanvar oyida RF Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr
Bastrikinning shaxsiy koʻrsatmasi bilan ochilgan. U yanvarʻ oyida Rossiyada tuxum
narxi oshgani haqidagi xabarlardan soʻng “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻidagi
sahifasiga tovuqlar suratini joylashtirib, «Tuxum boʻlishi uchun xoʻrozlarni urushdan
qaytaring» degan mazmunda izoh qoldirgan.
Joriy yilning 27 fevralida Usmon Baratov Rosfinmonitoring
ekstremistlar va terrorchilar roʻyxatiga kiritilgan.