Qozogʻiston Tolibonning ishonchli vakilini akkreditatsiyadan oʻtkazdi
Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston diplomatik missiyasi rahbari Muhammad Ur Rahmon Rahmoniyni ishonchli vakil sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazdi. Bundan koʻzlangan maqsad ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishdan iborat ekani maʻʻlum qilindi.
Qozogʻiston
tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Alibek Bakaev Afgʻoniston diplomatik missiyasi
rahbari Muhammad Ur Rahmon Rahmoniyni qabul qildi, deya xabar berdi Zakon.kz
Qozogʻiston TIV matbuot xizmatiga tayangan holda.
Uchrashuv
chogʻida Bakaev Qozogʻiston Rahmoniyni Afgʻonistonning Qozogʻistondagi ishonchli
vakili (martabasi elchidan pastroq boʻlgan diplomatik vakil – tahr.) sifatida
akkreditatsiya qilganini, bunda Qozogʻiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi
savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasida ikki davlat
oldiga qoʻygan muhim maqsad koʻzda tutilganini maʻʻlum qildi.
Qozogʻiston
TIV Afgʻonistonning mintaqaviy munosabatlarga faol jalb etilishi afgʻon xalqi
ahvolining yaxshilanishi, mamlakat iqtisodiyotini, ijtimoiy barqarorlikni tiklash,
shuningdek, mintaqa tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar
yaratadi, deb hisoblaydi.
“Qozogʻiston Afgʻonistonga yordam koʻrsatish va murakkab
gumanitar muammolarni hal qilish boʻyicha xalqaro saʻʻy-harakatlarni birlashtirish
tarafdori. Shu maqsadda Qozogʻiston Olmaotada BMTning Markaziy Osiyo va Afgʻoniston
mamlakatlari uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari mintaqaviy markazini tashkil
etishni taklif qildi”,
deyiladi Qozogʻiston TIV xabarida.
2024 yil 3 iyunʻ kuni mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqaev “hozirgi bosqichdagi strategik
vazifalardan biri Afgʻonistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etish” ekanini taʻʻkidlagan edi.
Davlat rahbari, shuningdek, “Qozogʻiston
zamonaviy Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi
va bu rejim uzoq muddatli omil ekanligini anglagan holda, «Tolibon» rejimini
terrorchilar roʻyxatidan chiqarganini” eslatdi.