2024 yilda Rossiya neftini Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga etkazib berish hajmi rejalashtirilgan 500 ming tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi.

2024 yilda Rossiya neftini Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga etkazib berish hajmi rejalashtirilgan 500 ming tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqda Qozogʻistonning magistralʻ neftʻ quvuri milliy operatori «KazTransOil» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozogʻiston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neftʻ etkazib berish jadvaliga muvofiq, yanvarʻ oyida «KazTransOil» Oʻzbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini etkazib berishni taʻʻminlaydi.

Rossiya Oʻzbekistonga «KazTransOil» magistralʻ neftʻ quvurlari tizimi orqali 2017 yildan neftʻ etkazib berishni boshlagan. 2017 yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018 yilda 35,8 ming tonnani tashkil etdi. 2019-2022 yillarda Rossiya neftining Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga tranziti boʻlmadi. 2023 yilda esa « KazTransOil» Oʻzbekistonga 154,3 ming tonna Rossiya neftini tashidi.

Mavzuga aloqador