4-5 sentyabrʻ kunlari Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH mamlakatlari vakolatli organlarining «Sharq-Aksilterror – 2024» qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Shuningdek, Toshkentda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining X xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi hamda MDH terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha II konferentsiyasi boʻlib oʻtadi.

2024 yilning 4-5 sentyabrʻ kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining oʻninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha ikkinchi konferentsiyasi boʻlib oʻtadi.

Unda ShHT va MDHga aʻʻzo davlatlarning vakolatli organlari, MDH organlarining ishchi tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash muammolarini oʻrganishga jalb qilingan taʻʻlim va ilmiy-tahliliy tashkilotlar delegatsiyalarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferentsiyada BMT, MDH ATM, Interpol, YEOG, OHICHK va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashadi.

Konferentsiyadan koʻzlangan asosiy maqsad terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ishtirokchilarning xavfsizlikka nisbatan boʻladigan yangi tahdidlarga nisbatan umumiy tushuncha va yondashuvlarini shakllantirishdan iborat.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan MDH ATMning muvofiqlashtiruvida Hamdoʻstlik mamlakatlari vakolatli organlarining «Sharq-Aksilterror – 2024» qoʻshma aksilterror mashgʻulotlari oʻtkaziladi.

Mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad muhim infratuzilma obʻʻektlari va odamlar gavjum boʻlgan joylarda terrorchilik harakatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qoʻshma aksilterror tadbirlarini oʻtkazishda MDHga aʻʻzo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Mavzuga aloqador