Yangi yoʻnalish boʻyicha qatnovchi birinchi yuk poezdi Xitoydan Oʻzbekistonga etib keldi. Yoʻnalishning uzunligi 6250 kilometr boʻlib, ushbu masofani 12 kunda bosib oʻtdi.

Yangi yoʻnalish boʻyicha qatnovchi birinchi yuk poezdi Xitoydan Oʻzbekistonga etib keldi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlkonteyner» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoyning Jinxua shahridan yoʻlga chiqqan 50 ta konteyner, jumladan, sanoat uskunalari va yigʻma yuklari ortilgan poezd Oʻzbekistonning Nazarbek stantsiyasiga muvaffaqiyatli etib keldi.

Mazkur yangi yoʻnalishning uzunligi 6250 kilometr boʻlib, poezd Qozogʻistonning Oltinkoʻl bekati orqali bu masofani 12 kunda bosib oʻtdi. Ushbu reys yangi Jinxua - Nazarbek yoʻnalishidagi birinchi reys boʻldi.

Kelgusida «Nazarbek» va «Urganch» stantsiyalari oʻrtasida qatnovchi tezyurar konteyner poezdlari Oʻzbekistonning boshqa hududlariga ham yuklarni etkazib berishda foydalaniladi. Buning uchun Oʻzbekiston temir yoʻllariga tegishli maxsus platformalardan foydalaniladi.

Yangi temir yoʻl yoʻnalishining ochilishi Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida yuk tashishni sezilarli darajada tezlashtiradi va arzonlashtiradi, ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Mavzuga aloqador