Yaponiyaning Nagasaki shahri maʻʻmuriyati shaharga AQSh qoʻshinlari atom bombasini tashlaganini xotirlash marosimiga Isroilni taklif qilmadi. 9 avgust kuni ushbu sanaga 79 yil toʻladi.

Yaponiyaning Nagasaki shahri maʻʻmuriyati chorshanba kuni Isroilni AQShning Yaponiyani yadroviy bombardimon qilishiga bagʻishlangan yillik konferentsiyaga taklif qilmasligini bildirdi.

Shahar meri Shiro Suzuki Isroil “9 avgust kuni boʻladigan yillik tinchlik marosimiga taklif qilinmaydi”, dedi.

Avgustda Nagasaki va Xirosima shaharlari 1945 yilda Yaponiyaga Amerika atom bombalari tashlanganiga 79 yil toʻladi.

2022 yil fevralida Moskva Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan keyin Yaponiya Rossiya va Belarusni ham bunday anjumanga taklif qilishdan bosh tortgan edi.

Biroq Xirosimadagi mahalliy hokimiyat Tel-Avivni xuddi shunday tadbirga taklif qildi. Shu bilan birga, ular "Falastin hududida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga" chaqirishdi.

Xirosima hukumati ikki tomonlama standartlar uchun tanqid ostiga olindi, koʻplab faollar ularni Tel-Avivga takliflarini qaytarib olishga chaqirishdi.

Yaponiyada Isroilning Gʻazo sektoridagi urushiga qarshi koʻplab norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.

Mavzuga aloqador