Janubiy Koreyada Telegram qiyofalarni jonlantirishga xizmat qiluvchi dipfeyk texnologiyasi orqali oʻsmirlar tasvirlaridan foydalangan holda tayyorlangan behayo videolarni tarqatishga sharoit yaratganlikda gumonlanmoqda. Milliy jinoiy qidiruv agentligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Seul Telegram boʻyicha tergovda Frantsiya hukumati va turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish niyatida.

Janubiy Koreya politsiyasi Telegram kompaniyasini pornografik dipfeyklar, jumladan, oʻsmirlar suratlari asosida sunʻʻiy intellekt tomonidan yaratilgan videolarni tarqatish bilan bogʻliq jinsiy jinoyatlarni sodir etishga yordam berganlikda gumon qilmoqda. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 2 sentyabrʻ, dushanba kuni politsiya rasmiy ayblovlarni tayyorlash maqsadida bu borada dastlabki tergovni boshlaganini xabar qildi.

“Frantsiyadagi kabi, Seul shahar politsiyasi agentligi Telegram’ga nisbatan rasmiy ayblovlar qoʻyishdan oldin tergovni boshladi”, — dedi agentlik Janubiy Koreyaning Jinoyat qidiruv milliy agentligi rahbari Vu Jong Suning matbuot anjumanida. Uning soʻzlariga koʻra, gap jinoyatga sheriklik (soxta videolarni tarqatish) haqida bormoqda.

Shu bilan birga, Vu Telegram nafaqat Janubiy Koreyaga, balki boshqa mamlakatlar, xususan, AQSh milliy tergov organlariga ham tekshiruv uchun hech qanday maʻʻlumot, xususan hisoblar haqidagi maʻʻlumotlarni taqdim etmasligini taʻʻkidladi.

Milliy jinoiy qidiruv agentligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Seul Telegram boʻyicha tergovda Frantsiya rasmiylari va turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish niyatida.

Telegram’da pornografik dipfeyklar tarqalishi

30 avgust kuni Yonhap Seul shahar politsiyasi agentligiga tayanib, Janubiy Koreyada Telegram’dagi kanali foydalanuvchilari yuborgan surat va tavsiflarga tayangan holda 279 ta soxta pornografik video tayyorlaganlikda gumon qilingan yigit qoʻlga olinganini maʻʻlum qildi.

Agentlik xabariga koʻra, uning Telegram’dagi “Tanishlarni xoʻrlash xonasi” deb nomlangan kanali qurbonlari 246 kishi boʻlgan. 22 avgust kuni gumonlanuvchi tezkorlik bilan hibsga olingan.

Oʻtgan hafta Janubiy Koreya teleradiokompaniyalaridan biri ham talabalar tomonidan sunʻʻiy intellekt texnologiyasi yordamida yaratilgan oʻz kursdoshlarining suratlaridan pornografik videolarni tarqatish uchun Telegram guruhi yaratilgani haqida xabar bergandi, deb eslaydi AFP axborot agentligi.

Qayd etilishicha, oʻtgan haftaning oʻzida Janubiy Koreya politsiyasiga pornografik dipfeyklarni tarqatish boʻyicha 88 ta holat haqida xabar berilgan. Ushbu holatga aloqador 24 nafar gumondor shaxs aniqlangan

Mavzuga aloqador