Italiyaning shimoli-sharqidagi Goritsiya provintsiyasi Monfalʻkone tumanida ikkita islomiy markaz va namozgohlarning yopilishi, asosan, bangladeshlik ishchilardan iborat musulmon jamoasining umidini puchga chiqarmoqda, deya xabar beradi Anadolu mahalliy OAVga tayanib.

Il Piccolo gazetasi maʻʻlumotlariga koʻra, oʻng qanot populistik “Liga” partiyasi vakili boʻlgan Monfalʻkone tumani meri Anna Mariya Chisint noyabrʻ oyida markazlarni yopib, musulmonlar sobiq supermarketda namoz oʻqimasliklari uchun u joyni qurilish maydonchasi deb eʻʻlon qilgan.

Soʻl siyosatchi Furio Xonsel merning qarori Konstitutsiyaning eng muhim moddalariga zid ekanini taʻʻkidladi.

Ikki katolik ruhoniysi Flavio Zanetti va Paolo Zuttion oʻz bayonotlarida diniy erkinlik hurmat qilinishi kerak boʻlgan qadriyat ekanini maʻʻlum qilishdi. 

Taniqli imom Abdel Majid Kinoniy esa keng musulmon jamoatchiligini 23 dekabrʻ kuni qarorga qarshi tinch norozilik bildirishga chaqirdi. 


Mavzuga aloqador