Isroil armiyasi 13 iyulʻ kuni Gʻazo sektoridagi xavfsizlik zonasiga uyushtirilgan hujum natijasida Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Izziddin al-Qassam brigadasi etakchisi Muhammad ad-Dayfning oʻldirilganini eʻʻlon qildi. HAMAS ushbu xabarlarga izoh berganicha yoʻq. "Arvoh qoʻmondon" – Ad-Dayf kim?

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Ad-Dayfning Isroil armiyasi va ichki razvedka xizmati tomonidan uyushtirilgan suiqasdda oʻldirilganini aytdi. HAMAS hozircha ushbu xabarlarga izoh bergani yoʻq.

13 iyulʻ kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Gʻazo sektoridagi Xon Yunus shahri gʻarbidagi Al-Mavazi hududiga yirik zarbalar berdi. Isroil armiyasi avvalroq «xavfsiz» deb eʻʻlon qilgan hududga havo hujumi natijasida 90 nafar falastinlik, ularning yarmi ayollar va bollar, halok boʻldi, yuzlab insonlar yaralandi.

Isroil armiyasi Ad-Dayf va HAMASning Xon Yunus shahridagi harbiy qanoti rahbari Rafi Salam hujum nishonlari boʻlganini bildirdi.

HAMAS Ad-Dayfa oʻldirilgani haqidagi xabarlarni rad etib, Isroil Gʻazoda tinch aholiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni yashirish uchun harakatning jangarilar qanoti etakchilari nomidan foydalanayotganini aytdi.

Isroil ommaviy axborot vositalari uchun "Arvoh qoʻmondon": Ad-Dayf

Ad-Dayf 1956 yilda Xon Yunusdagi qochqinlar lagerlaridan birida tugʻilgan. 1987 yilda u oʻsha paytda endigina shakllanayotgan Falastin qarshilik harakati HAMASga qoʻshildi.

1989 yilda Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga uyushtirilgan yirik hujumlar paytida Ad-Dayfani hibsga oldi va sudsiz 16 oy panjara ortida ushlab turdi.

Ad-Dayf ozod boʻlganidan keyin Izziddin Al-Qassam brigadalari safida Isroilga qarshi koʻplab qurolli harakatlarni amalga oshirdi.

Muhammad Ad-Dayf – HAMAS harbiy qanotining asoschilaridan biri va taniqli rahbarlaridan. Isroil Ad-Dayfani oʻldirish uchun Gʻazo sektoriga etti marta hujum uyushtirdi, biroq maqsadiga erisha olmadi. Oʻqqa tutilishi natijasida faqat tinch aholi halok boʻldi.

2014 yilda eksklavga uyushtirilgan yirik hujumlar paytida Isroil Ad-Dayfa oʻldirilgani haqida xabar bergan, ammo bu xabarlar asossiz boʻlib chiqdi. Keyinchalik Isroil ommaviy axborot vositalari Ad-Dayf haqida "arvoh qoʻmondon" deb yozishni boshladi.

Isroil xavfsizlik agentligi Ad-Dayfni qoʻlga olish uchun jadal harakatlar olib borayotganini tan oldi.

Mavzuga aloqador