HAMASning Gʻarbiy Sohildagi etakchisi Mustafo Muhammad Abu Ara Isroil qamoqxonasida vafot etdi. 63 yoshli Abu Araning “qasddan tibbiy eʻʻtiborsizlik tufayli” olamdan oʻtgani aytilmoqda.

HAMASning Gʻarbiy Sohildagi etakchisi Mustafo Muhammad Abu Ara Isroil qamoqxonasida vafot etdi. Bu haqda Arab News nashri Falastin maʻʻmuriyatining mahbuslar ishlari boʻyicha organi va Falastin asirlari klubining qoʻshma bayonotiga tayanib xabar qildi.

63 yoshli Mustafo Muhammad Abu Ara Isroil janubidagi qamoqxonadan kasalxonaga koʻchirilganidan soʻng vafot etdi, deyiladi xabarda.

“Biz etakchi va mahbus Shayx Mustafo Muhammad Abu Araning oʻlimi uchun motam tutamiz va uning qasddan tibbiy eʻʻtiborsizlik tufayli oʻldirilgani uchun ishgʻolchini javobgar deb hisoblaymiz”, — deyiladi HAMAS bayonotida.

Abu Ara sogʻligʻi bilan bogʻliq jiddiy muammolari boʻlishiga qaramasdan, oktyabrʻ oyida hibsga olingan. Qamoqqa olish vaqtida ham qiynoqlarga va ochlikka duchor boʻlgan, deyiladi qoʻshma bayonotda.

Isroil harbiylari oʻlim sabablari haqidagi soʻrovga darhol javob bermadi.

Falastin rasmiylari shu oyda Isroilni Isroil-HAMAS urushi boshlanganidan beri falastinlik mahbuslarga qarshi haqoratli "qasos urushi" olib borayotganlikda aybladi.

Isroil harbiylari esa "mahbuslarni muntazam ravishda suiisteʻʻmol qilish haqidagi toʻgʻridan-toʻgʻri ayblovlarni rad etishini" aytdi va xalqaro huquq doirasida ish olib borayotganini qoʻshimcha qildi.

Mavzuga aloqador