Eron oʻzining ilk astronavtini 2028 yilda koinotga chiqarishni rejalashtirmoqda
Eron oʻz kosmik dasturini faol rivojlantirib, ilk astronavtini 2028 yilda koinotga joʻnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Eron
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi rahbari Iso Zarepurning
taʻʻkidlashicha, koinotga astronavt joʻnatish oʻtgan yili tasdiqlangan kosmik sohani
rivojlantirish boʻyicha 10 yillik rejada koʻzda tutilgan.
“Oʻtgan
haftada mamlakatning yangi avlod biokapsulasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilganidan
soʻng, mamlakatning 10 yillik kosmik sanoati rejasiga muvofiq, biz yakuniy
maqsadga erishgunimizcha qadamma-qadam olgʻa boramiz", - deb yozdi u ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib
oʻtamiz, oʻtgan hafta Eron koinotda tirik organizmlar xavfsizligini taʻʻminlash
imkoniyatini sinab koʻrish maqsadida “Salman” raketa-tashuvchisi orqali koinotga
biologik kapsulani uchirgani bu boradagi ilk qadamlardan biri boʻldi.