Britaniyada 30 iyuldan buyon musulmonlar va muhojirlarga qarshi davom etib kelayotgan namoyishlar etakchisi Tommi Robinson AQShning sionistik tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladi.

Oʻzini "sionist" deb taʻʻriflagan Robinson qariyb 20 yildan beri Britaniyaning Islom tomonidan bosib olinishi haqida nutqlar soʻzlab, musulmonlarni haqoratlovchi bayonotlar berib keladi.

Taʻʻkidlanishicha, Robinsonga moliyaviy yordam koʻrsatuvchi guruhlarning aksariyati Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi amerikalik oʻngchilarga tegishli.  Filadelʻfiyada joylashgan Yaqin Sharq Forumi (MEF) Robinsonning eng yirik moliyachilaridan biri hisoblanadi.

MEF rahbari Daniel Payps The Times of Israel gazetasiga Robinsonni himoya qilish uchun atigi uchta namoyishga 60 ming dollar sarflanganini tasdiqladi.

Nʻyu-Yorkdagi "Geystoun" instituti tadqiqot markazi Robinsonni himoya qilish uchun qator maqolalar chop etdi.  Kaliforniyada joylashgan Devid Xorovits Ozodlik Markazi (DHFC) ham Robinsonni himoya qiluvchi bir qator maqolalar chop etib, uning amerikalik siyosatchilar bilan chiqishi uchun lobbichilik qildi. MEF ham, "Geytstoun" ham oʻzini “qizgʻin sionist” deb atagan va "Geytstoun" institutiga asos solgan amerikalik yahudiy ayol Nina Rozenvalʻd tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu tahlil markazlari bir necha bor Gʻarbda islomga qarshi kayfiyatni qoʻzgʻatganlikda ayblangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 7 oktyabrdan beri Isroilni himoya qilish maqsadida postlar yozishda davom etgan Robinson buning uchun maosh oladi.

Birlashgan Qirollikdagi oʻta oʻnglar noroziliklarini AQShdagi sionistlar lobbisi hamda Isroildagi sionistlar qoʻllab-quvvatlamoqda. Jumladan, Quddus meri oʻrinbosari va aholi punktlari boʻlimi boshligʻi Are King ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarga qarshi hujumlarni qoʻzgʻatuvchi postlar joylashtirdi. King oʻz postlarida musulmonlar Angliyada hokimiyatni qoʻlga kiritgan degan daʻʻvoni himoya qilib, provokatsiyalar uyushtirdi.

Britaniya politsiyasi namoyishlarning dastlabki kunlarida aralashishdan oʻzini tiydi, biroq keyinroq mojarolar avj olgach, hukumat "doimiy armiya" yaratishga majbur boʻldi. Namoyishlarga tezkorlik bilan aralashish uchun maxsus tayyorlangan 6 ming politsiyachi shay holatga keltirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda yigʻilish rejalarini kuzatayotgan politsiya darhol namoyishlarga aralashishga muvaffaq boʻldi.  Oʻta oʻngchilar zoʻravonliklari davom etar ekan, politsiya yangi tashkilotga aloqador 400 dan ortiq odamni allaqachon hibsga olgani eʻʻlon qilindi.

Mavzuga aloqador