Boylar yanada boyidi: dunyoda milliarderlar soni 2781 nafarga etdi
Milliarderlar soni va boyligi har qachongidan ham koʻpaydi. Forbes maʻʻlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha milliarderlar soni oʻtgan yilga nisbatan 141 nafarga oshdi. Ularning umumiy boyligi esa bir yilda 2 trillion dollarga oshib, 14,2 trillion dollarga etdi.
Hozirda
milliarderlar har qachongidan ham koʻp: jami 2781 nafar, oʻtgan yilga nisbatan 141
nafarga va 2021 yilgi rekorddan 26 nafarga koʻp, deya xabar bermoqda Forbes
jurnali.
Ular har
qachongidan ham boyroq boʻlib, umumiy boyligi 14,2 trillion dollarni tashkil etdi,
bu 2023 yildan 2 trillion dollarga koʻp, 2021 yilda oʻrnatilgan avvalgi rekorddan
esa 1,1 trillion dollarga yuqori.
Hozirda AQSh umumiy boyligi 5,7 trillion dollar boʻlgan 813 nafar milliarder bilan rekord koʻrsatkichga
ega. Ikkinchi oʻrinda Xitoy (shu jumladan Gonkong) – 473 milliarder bilan jami kapitali
1,7 trillion dollarni tashkil etadi.
Forbes jurnalining 2024 yil uchun eng boy odamlar roʻyxatidan Rossiyaning 125, Turkiyaning
27, Qozogʻistonning 6, Ukrainaning 5 va Armanistonning 1 nafar fuqarosi oʻrin egallagan.
Rossiyaning Forbes roʻyxatini ozarbayjonlik Vagit Alekperov
boshqaradi, yana bir qancha Ozarbayjon fuqarolari, masalan, God Nisanov va Zaxar
Iliev ham asosiy aktivlari Rossiyada joylashgani sababli unga kiritilgan.
Rossiya roʻyxatida bir yil avvalgiga qaraganda 15 nafar koʻproq
milliarder bor. Rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi oʻtgan yilgi 505
milliard dollardan 576,8 milliard dollarga oshgan.
Turkiyada milliarderlarning umumiy daromadi 56,1 milliard,
Qozogʻistonda 25,4 milliard, Ukrainada 9,4 milliard, Armanistonda 1,1 milliard
dollarni tashkil qiladi.
Qayd
etilishicha, rossiyalik milliarderlarning kapital tuzilmasi iqtisodiyotning
xomashyo tarmoqlaridan olingan daromadlar hisobiga, turk milliarderlarining
kapitali esa ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, texnologiya va boshqalar sektoridan
shakllanadi.