Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ayni paytda Rossiyaning Kursk viloyatida 1294 kv km maydon hamda 100 ta aholi manzili nazorat ostiga olinganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, 594 nafar rus askari asirga tushgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatida 1294 kv km maydonni nazorati ostiga oldi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy maʻʻlum qildi, deya xabar beradi Ukraina ommaviy axborot vositalari.

“Bugun biz 1294 kvadrat kilometr hududni nazorat ostiga oldik – bu 100 ta aholi punkti”, — dedi Sirskiy davlat muassasalari rahbarlari forumida.

Unga koʻra, bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlarining 594 nafar harbiy xizmatchisi Kursk yoʻnalishida asirga olingan.

Sirskiyning qoʻshimcha qilishicha, Kursk yoʻnalishiga 30 mingga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchilar joylashtirilgan.

Uning taʻʻkidlashicha, Rossiya tomoni boshqa yoʻnalishlardan boʻlinmalarni olib chiqishga harakat qilmoqda, ammo Pokrovskiy yoʻnalishida, aksincha, saʻʻy-harakatlarini oshirmoqda.

Kursk viloyatidagi vaziyat

Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatining chegara hududlarida vaziyat 6 avgust kuni ertalab, Ukraina armiyasi mintaqada operatsiya oʻtkaza boshlaganidan soʻng keskinlashishni boshlandi. Chegara hududlarida Rossiya va Ukraina qoʻshinlari oʻrtasida shiddatli janglar davom etmoqda, aholi punktlarida uchuvchisiz uchoqlarning keng koʻlamli hujumlari qayd etilmoqda, vaqti-vaqti bilan raketa haqida ogohlantirish signallari eshitilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga bostirib kirganidan soʻng janglar asosan viloyatning Korenevskiy va Sudjanskiy, qisman Belovskiy va Lgovskiy tumanlarida davom etgan.

Mintaqadagi vaziyat federal favqulodda holat sifatida tan olingan.

Bundan tashqari, vaziyatning keskinlashuvi fonida Rossiyaning uchta hududi - Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlariga taʻʻsir koʻrsatgan aksilterror operatsiyasi rejimi joriy etildi.

Ayni paytda, bir qator viloyatlarda tinch aholini evakuatsiya qilish davom etmoqda. 12 avgust kuni Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov Vladimir Putinga evakuatsiya qilinishi kerak boʻlgan 180 ming kishidan 121 ming kishi allaqachon hududni tark etganini maʻʻlum qildi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, Kursk viloyatining chegara hududlarini 133 ming kishi tark etgan. 21 avgust holatiga koʻra, 31 kishi halok boʻlgani, 143 kishi jarohatlangani tasdiqlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi harakatlarini “yana bir keng koʻlamli provokatsiya” deb atadi.

Mavzuga aloqador