Bombalanayotgan Gʻazo: 347-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 347 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Xon
Yunis va Nusayrat va Burayj lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 35 kishi shahid
boʻldi. Urush
boshlanganidan buyon 41261 kishi halok boʻldi.
▪️Tunda
fashistlar Bureyj lageridagi turar-joy binolariga hujum qilib, qutqaruvchilarga
qarata oʻq uzdi.
▪️Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar Nablus, Ramallah, Al-Xalil va Jeninga bostirib kirdi. Ikki
kishi jarohatlangan. Lagerlarga jihozlar tortilmoqda, tomlarga merganlar joylashtirilgan.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Iordan vodiysi hududidagi harbiy
nishonlarga hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Hula shahriga hujum qildi. Bir
kishi halok boʻldi, 4 kishi jarohatlandi.
▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi Francheska Albanese: Isroil Gʻazodagi
genotsid tufayli xalqaro “yakkamoxov”ga
aylanish xavfi bor. Uning BMTga aʻʻzoligi shubha ostida boʻlishi mumkin.
▪️Irlandiya Gʻazo sektori va bosib olingan Gʻarbiy Sohilda
davom etayotgan urushdan jabr koʻrgan falastinlik talabalar uchun Irlandiya-Falastin
stipendiya dasturi (IPSP) doirasida toʻliq stipendiyalar eʻʻlon qildi.
▪️Yaman husiylari
Siyosiy byurosi aʻʻzosi Muhammad al-Buhaiti dushanba kuni Qoʻshma Shtatlardan hujumlarni toʻxtatish evaziga
Sanodagi hukumatini tan olish boʻyicha "jozibali takliflar" olinganini maʻʻlum qildi.