Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 334 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Jabaliya lageri va Zaytun hududiga hujum qildi. Kun davomida 43 kishi halok boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar sakkizinchi kundan beri Jenin, Al-Xalil va Tulkarmni qamal qilishdi. Qarshilik jangchilari ishgʻol texnikasini portlatdi.

▪️Gʻarbiy Sohilni qamal qilish chogʻida 33 kishi halok boʻldi, 130 dan ortiq kishi yaralandi. Jeninda 16 yoshli qiz halok boʻldi, 5 jurnalist yaralandi.

▪️YuNRVA rahbari Filipp Lazzarini: Gʻarbiy Sohil boʻylab tinch aholini zudlik bilan himoya qilishga chaqiraman.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Hayfa portiga hujum qilish uchun dronlardan foydalandi.

▪️Jazoir Gʻarbiy Sohildagi ishgʻol qirgʻini sababli BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yigʻilishini talab qildi.

▪️Falastindagi kelgindi yahudiylar ishgʻolchi kuchlar askarlari bilan birgalikda Gʻarbiy Sohildagi Xevron shahrida joylashgan Ibrohim masjidini egallab, uni talon-taroj qildi.

▪️Mashhur yapon-amerikalik kinorejissyor Neo Sora 2024 yilgi Venetsiya xalqaro kinofestivalida Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash uchun kufiya va Falastin bayrogʻini taqqan holda sahnaga chiqdi.

Mavzuga aloqador