Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 327 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Baloh va Jabaliyaga hujum qildi. Isroil bosqinchilari oʻtgan 24 soat ichida Gʻazo sektorida oilalarga qarshi 4 marta qirgʻin qildi, natijada 58 kishi halok boʻldi va 131 kishi jarohat oldi.

▪️Hujjatlashtirilgan falastinlik qurbonlar soni 2023 yil 7 oktyabrdan beri 40 534 kishi halok boʻldi va 93 778 kishi jarohat oldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin, Tulkarm va Tubasga keng koʻlamli hujum uyushtirdilar. 10 falastinlik halok boʻldi. Natsistlarning fikriga koʻra, hujum bir necha kun davom etadi.

▪️Qarshilik jangchilari Gʻarbiy Sohilda bosqinchilarga qarshi shiddatli janglar olib bormoqda. Tulkarm batalmoni Nur Shams lagerida harbiy bulʻdozerni portlatib yubordi.

▪️Qizil Yarim Oy: Bosqinchilar Gʻarbiy Sohildagi kasalxonalarni qamal qilmoqda va guruhlarimiz yaradorlarga etib borishiga toʻsqinlik qilmoqda. Jenin, Tulkarm va Tubas butunlay qamalda.

▪️HAMASning Gʻarbiy Sohildagi etakchisi Zaher Jabarin: Hozir Gʻarbiy Sohil yoʻq, chunki aholi punktlari hamma joyda tarqalgan. Falastinliklarning jang qilishdan boshqa iloji yoʻq.

▪️BMT: 2023 yil oktyabrʻ oyidan beri Gʻarbiy Sohilda Isroil askarlari va koʻchmanchilar tomonidan 646 nafar falastinlik, jumladan 148 nafar bola oʻldirildi.

▪️Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: Isroil armiyasi rahbarlarining Gʻazoda 3 yoshdan boshlab hamma terrorchi ekani haqidagi bayonotlari gʻazablantirmoqda. Bu eng xavfli mentalitet.

Mavzuga aloqador