Bombalanayotgan Gʻazo: 280-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 280 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Nuseyrat, Xon Yunis
va Rafah lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 50 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon
38345 kishi shahid boʻldi, 88295 nafari yaralandi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Ishgʻolchilarning Nitsarim
oʻqidagi pozitsiyalarini bombardimon qildik va Tal al-Hava hududida Merkava
tanklarini yoʻq qildik.
▪️Husiylar: Gʻazoni qoʻllab-quvvatlash amaliyotlari
boshlanganidan beri 166 ta kemaga hujum qildik.
▪️Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant rahbarlik lavozimlarida
ishlagan har bir shaxs, jumladan oʻzi, bosh vazir Benyamin Netanyaxu va yuqori martabali harbiy amaldorlar
7 oktyabrdagi hujumlar va ularning oqibatlari bilan bogʻliq holda tergov qilinishi kerakligini aytdi.
▪️Bayden Gʻazodagi vaqtinchalik bandargoh demontaj
qilinishi haqida: “Baʻʻzi gʻoyalarim muvaffaqiyatli chiqmaganidan xafaman. Loyiha yanada
muvaffaqiyatli boʻlishiga umid qilgandim”.
▪️Erdogʻan: Turkiya NATO doirasida Isroil bilan hamkorlik
qilmaydi.
▪️BMT: Gʻazo bolalarning butun bir avlodini yoʻqotish
arafasida.
▪️Suriyadan raketalar otilganidan soʻng Golanda yongʻinlar
boshlandi.