CNN AQSh hukumati Eron Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirmoqchiligi haqidagi razvedka maʻʻlumotlari olgani, shu boisdan Maxsus xizmat sobiq prezident atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirganini maʻʻlum qildi. Biroq bunday choralar oʻz samarasini bermadi, shu bilan birga, manbalar 20 yoshli yigitning fitnaga aloqadorligi haqida hech qanday maʻʻlumot berilmagan.

Soʻnggi haftalarda AQSh hukumati Eronning Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirish maqsadidagi fitnasi tgʻrisida xabardor manbadan razvedka maʻʻlumotlarini olgan. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar bermoqda.

“Masladan xabardor manbalarning CNN ga aytishicha, soʻnggi haftalarda AQSh rasmiylari Eronning Donalʻd Trampni yoʻq qilish rejasi haqida maʻʻlumot olgan, shundan soʻng Maxfiy xizmat sobiq prezident atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan”, — deyiladi telekanal xabarida.

Manbalarga koʻra, shanba kuni sobiq prezidentni oʻldirishga uringan Tomas Metyu Kruksning fitnaga aloqadorligi haqida hech qanday maʻʻlumot yoʻq.

Kuchaytirilgan xavfsizlik choralari shanba kuni Pensilʻvaniya shtatining Butler shahrida boʻlib oʻtgan mitingda naf bermagani va 20 yoshli yigitning qanday qilib oʻq uzish uchun yaqin atrofdagi tomga chiqib olgani haqida yangi savollar tugʻdirmoqda.

Taʻʻkidlanishicha, Razvedka xizmati bir necha bor Tramp kampaniyasini ochiq havoda mitinglar oʻtkazishdan ogohlantirgan.

AQSh Milliy xavfsizlik xizmati rasmiysining aytishicha, Maxfiy xizmat va Tramp kampaniyasi shanba kungi miting oldidan tahdiddan xabardor boʻlgan.

Tramp saylovoldi kampaniyasi Eron tahdididan xabardor boʻlgan-boʻlmaganini oshkor qilmadi.

“Biz prezident Trampning xavfsizlik xizmati haqidagi maʻʻlumotga izoh bermaymiz. Barcha savollar AQSh Maxfiy xizmatiga yoʻnaltirilishi kerak”, — deyiladi kampaniya bayonotida.

2020 yil 3 yanvarʻ kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining (IIQK) zarbdor Quds kuchlariga rahbarlik qilgan eronlik general Sulaymoniy Bagʻdod aeroporti yaqinida AQSh havo hujumi natijasida halok boʻlgan edi. Mazkur raketa zarbasi AQShning oʻsha paytdagi prezidenti Trampning shaxsiy buyrugʻi bilan amalga oshirilgandi.

Mavzuga aloqador