Ukrainadagi urush davrida oʻzbekistonliklar ikkinchi eng yirik investorlar boʻlishdi
Ukrainada urush boshlangan 2022 yilning fevralidan 2024 yilning mayigacha mamlakatda 2652 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ochildi. Ushbu kompaniyalarning 274 tasi yoki umumiy koʻrsatkichning 10,1 foizini tashkil etgan oʻzbekistonlik investorlar turklardan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.
Ukrainada
urush boshlangan 2022 yilning fevralidan 2024 yilning mayigacha mamlakatda 2652
dan ortiq xorijiy kompaniyalar ochildi, deb xabar beradi “Opendatabot”
platformasi.
Ukrainadagi
xorijlik biznes egalari soni boʻyicha Turkiya fuqarolari etakchilik qilmoqda - ular
xorijlik mulkdorlar ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining 13,1 foizini tashkil
qiladi. Turkiya fuqarolari jami 354 ta Ukraina kompaniyasini roʻyxatdan
oʻtkazgan.
Ikkinchi oʻrinda 274 ta kompaniya ochgan Oʻzbekiston fuqarolari egallashdi, bu umumiy
koʻrsatkichning 10,1 foizini tashkil etadi.
Polʻsha
fuqarolari 193 ta korxona ochgan holda uchinchi oʻrinni egalladi, bu xorijiy
mulkdorlar ishtirokidagi kompaniyalar umumiy sonining 7,1% ga toʻgʻri keladi.
Ular
ortidan:
AQSh – 6,6%
Qozogʻiston – 5,6%
Germaniya – 4,5%
Ozarbayjon – 4,5%.