Turkiyada 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlar uchun berilgan ovozlarni sanash yakuniga etmoqda. Norasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasidan (Ak Parti) biroz oldinda.

Butun mamlakat boʻylab saylov qutilarining 99,45 foizi sanalganidan soʻng, 37,72 foiz ovoz bilan CHP etakchilik qilmoqda, 35,52 foiz ovoz bilan Ak Parti ikkinchi oʻrinda.

Mamlakatda 61 mln dan ortiq saylovchi roʻyxatga olingan boʻlib, ular uchun 206 845 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylovlarda 34 ta siyosiy partiya oʻz nomzodlarini ilgari surdi. Saylovlarda qatnashish darajasi 78,53 foizni tashkil etdi.

Turkiyada saylov kuni soat 06:00 dan 24:00 gacha spirtli ichimliklar sotilmadi. Bundan tashqari, koʻngilochar markazlar yopildi.

Mavzuga aloqador