Avvalroq faqat un tegirmonlari va parrandachilar uchun Rossiya donini olib kirishga ruxsat bergan Qozogʻiston endilikda rus gʻallasi importiga 6 oy muddatga toʻliq taqiq qoʻymoqchi. Qozoq bugʻdoyiga eksport bojini joriy etish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda. Bu Qozogʻiston bugʻdoyining anʻʻanaviy tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy taʻʻsir koʻrsatishi mumkin.

Qozogʻistonda Idoralararo komissiya yigʻilishida Rossiya donini Qozogʻistonga olib kirishni toʻliq taqiqlash masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “APK Novosti” xabar bermoqda.

“Bugun tashqi savdo siyosati masalalari boʻyicha hukumatlararo qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Natijada Qozogʻiston Respublikasi hududiga bugʻdoy olib kirishni 6 oy muddatga vaqtinchalik toʻliq taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Rejalashtirilgan taqiq IMS protokolining yakuniy imzolanishi, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli buyrugʻi qabul qilingandan soʻng joriy etilishi kutilmoqda. Taqiq taxminan 2024 yil avgustidan joriy etiladi”, — deya xabar berdi Qozogʻiston don ittifoqi.

Don bozori ishtirokchilaridan biri bu qarorga izoh berdi.

“Taqiq goʻyoki mahalliy xomashyo ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda. Toki arzon rus bugʻdoyi qozoq gʻallasini bozorda ham, eksportga sotishga ham xalaqit bermasin”, — dedi u.

Eksport bojini joriy etish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

“50 foizlik boj joriy qilishmoqchi. Bojning joriy etilishi don eksporti narxi odatda qozoq doni eksport qilinadigan anʻʻanaviy bozorlarda raqobatbardosh boʻlmasligini anglatadi”, - dedi yigʻilish ishtirokchisi qarorga izoh berar ekan.

Avvalroq Qozogʻiston faqat un tegirmonlari va parrandachilarga Rossiya donini import qilishga ruxsat bergan edi. Toʻliq taqiq bu korxonalar uchun ham import taqiqlanishini anglatadi.

Mavzuga aloqador