Frantsiya Ozarbayjondagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi
Frantsiya Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayonni maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Parij Bokuni “ikki davlat munosabatlariga putur etkazuvchi bir tomonlama harakatlarda” aybladi.
Frantsiya Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayonni maslahatlashuvlar
uchun chaqirib oldi. Frantsiya
Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni “Ozarbayjonning bir tomonlama harakatlari
ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga putur etkazishi” bilan izohladi.
Xabar qilinishicha, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron
diplomatik missiya rahbari bilan mavzuni muhokama qilgan.
Davlat rahbari “Ozarbayjonning xatti-harakatlaridan
afsusdaligini bildirgan”
va “Bokudan oʻz niyatlariga oydinlik kiritishi kutilayotganini” taʻʻkidlagan.
Makron Parij Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi
munosabatlarni normallashtirish jarayonini qoʻllab-quvvatlashini aytdi, deya qoʻshimcha
qildi TIV.
Ikki davlat oʻrtasidagi keskinlik
2023 yil oxiridan beri Frantsiya va Ozarbayjon munosabatlarida
keskinlik kuzatilmoqda.
Ozarbayjon Frantsiya hukumatini Armanistonga harbiy yuklar etkazib berish hajmini
oshirgani uchun tanqid qildi.
Chunki 2023 yil dekabrida Frantsiya Armanistonga 50 ta zirhli texnika
joʻnatishi maʻʻlum boʻldi.
Fevralʻ oyida Frantsiya mudofaa vaziri Sebastʻen Lekornyu Armanistonga rasmiy tashrifi
chogʻida Parijning Erevanni qisqa, oʻrta va uzoq masofaga moʻljallangan havo
hujumidan mudofaa tizimlari bilan taʻʻminlashga tayyorligini maʻʻlum qildi.
Oʻtgan yil
oxirida Ozarbayjon Frantsiyaning Bokudagi elchixonasining ikki xodimini persona
non grata deb eʻʻlon qilgan, yanvarʻ oyida esa Frantsiya fuqarosi mamlakatda
josuslikda ayblanib, hibsga olingan edi.
Shuningdek,
yanvarda Frantsiya Senati Ozarbayjonga qarshi sanktsiyalar joriy etilishini nazarda
tutuvchi qarorni qabul qildi.
Hujjatda
Armanistonning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlash haqida soʻz boradi va
Ozarbayjon qoʻshinlarini Qorabogʻdan olib chiqib ketish talab etiladi. Bundan
tashqari, “Togʻli Qorabogʻ siyosiy etakchilarining hibsga olinishini” qoralanib,
ularni zudlik bilan ozod qilishni talab qilingan. Shuningdek, arman aholisining
Togʻli Qorabogʻga qaytish huquqi kafolatlari talab qilingan.
Frantsiya
Senati rezolyutsiyasida Bokuga nisbatan eng qatʻʻiy choralar koʻrish, jumladan,
Ozarbayjon rasmiylarining mol-mulkini musodara qilish hamda Ozarbayjondan gaz va
neftʻ importiga embargo joriy etish zarurligi qayd etilgan.
Bunga
javoban, Ozarbayjon Milliy Majlisining (parlament) Xalqaro munosabatlar va
parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi bayonot
berdi.
Qoʻmita
Ozarbayjon hukumatiga Frantsiyaga qarshi sanktsiyalar qoʻllashni, frantsuz
rasmiylarining Ozarbayjondagi barcha aktivlarini muzlatib qoʻyishni, Frantsiya bilan
barcha iqtisodiy aloqalarni toʻxtatishni, barcha frantsuz kompaniyalarini
Ozarbayjondan, shu jumladan Total kompaniyasini olib chiqishni va frantsuz
kompaniyalarining Ozarbayjon tomonidan topshirilgan har qanday loyihalarda
ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslikni tavsiya qildi.
Shuningdek,
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga Frantsiyaning mustaqilligini daʻʻvo qiluvchi
Kanaki (Yangi Kaledoniya, Tinch okeani hududidagi Frantsiya mustamlakasi), Maoxi Nui
(Maohinui, Taiti) va Korsika hududlari suverenitetini tan olish choralarini koʻrish
topshirildi.