Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.

17-18 iyulʻ kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida frantsuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi.

Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar etakchilari, Frantsiya mustamlakachiligidan jabr koʻrgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.

Kongress yakunlari boʻyicha xalqaro ozodlik jabhasini tashkil etish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi va uning nizomi tasdiqlandi.

Hujjatda irqchilik va repressiya siyosati, xususan, Frantsiya hukumati tomonidan Yangi Kaledoniya va boshqa mustamlaka hududlarida sodir etilgan jinoyatlar qoralanadi.

Xalqaro ozodlik jabhasining tashkil etilishi frantsuz mustamlakachiligiga qarshi markazlashgan platformani shakllantirishga qaratilgan. Qurultoy ishtirokchilari mustaqillik uchun kurashda yanada yaqinroq birlashishga, shuningdek, frantsuz mustamlakachiligi ustidan gʻalaba qozonish va mustaqillikka erishish yoʻlidagi harakatlarini muvofiqlashtirishga qaror qildilar.

Jabha mustamlakachilik ostida qolayotgan boshqa hududlarning aʻʻzolari uchun ochiq boʻladi. Uning kelajakdagi faoliyati mustamlakachilikni yoʻq qilish strategiyasi, harakat rejasi va kun tartibini ishlab chiqish hamda ularni xalqaro tashkilotlarga taqdim etishni oʻz ichiga oladi.

Mavzuga aloqador