Germaniyada oʻquvchilarni tinchlanishga chaqiruvchi ishora “koʻk boʻri” ishorasiga oʻxshagani uchun taqiqlandi
Germaniya shimolidagi Bremen shahrida hukumat bolalar bogʻchalari va maktablarda
jim boʻlishga chaqiruvchi “Jim
tulki” (inglizchada - silent fox) qoʻl ishorasini turkiy xalqlardagi “koʻk boʻri”ni
anglatuvchi ishoraga oʻxshagani uchun taqiqladi. Bu haqda Bild nashri xabar qildi.
"Jim
tulki" qoʻl ishorasi uzoq vaqtdan beri sukunatni koʻrsatish uchun ishlatilgan,
ammo endilikda nemis shahri maʻʻmurlari “Koʻk boʻrilar” oʻng qanot ekstremistik
harakati salomlashiiga oʻxshashligi sababli ushbu belgiga munosabatini qayta koʻrib
chiqishga qaror qildi”, - deyiladi xabarda.
Bremen
taʻʻlim boshqarmasi matbuot kotibi Patrisiya Brandtning aytishicha, “imo-ishoraning
oʻng qanot ekstremistik oqibatlari Bremen taʻʻlim muassasalarining asosiy
pozitsiyasiga mos kelmaydi”.
Eslatib
oʻtamiz, futbol boʻyicha 2024 yilgi Evropa chempionati doirasida Avstriyaga qarshi
oʻyinda Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral urgan golini “koʻk boʻri”
ishorasini qoʻllagan holda nishonlagani uchun jazolandi. qarshi oʻyinda gol urganidan
keyin «boʻzqurt» ishorasini qoʻllagani uchun diskvalifikatsiya qildi. Mazkur holat
Turkiya va Germaniya oʻrtasidagi siyosiy qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi.
Jumladan, Germaniya ichki ishlar vaziri turk himoyachisini tanqid qilganidan keyin 3
iyulʻ kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya elchisini chaqirtirdi. Shundan
soʻng, 4 iyulʻ kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning mamlakatdagi
diplomatik vakilini chaqirib javob qaytardi.
“Koʻk boʻri”
(Bozkurt) yoki tashkilot aʻʻzolari taʻʻbiri bilan aytganda, “Ülkü Ocakları”
(“Idealistlar jamiyati”) turk millatchiligi va islomchilik aralashmasi boʻlgan turk
millatchi tashkilotidir. Alparslan Turkesh tomonidan 1969 yilda MHP
millatchi partiyasining yoshlar tashkiloti sifatida tuzilgan. “Koʻk boʻrilar”ning bugungi etakchisi MHP
rahbari Devlet Bahcheli.
Tashkilot ramzi turk mifologiyasidan olingan boʻlib, unda boʻri
dushmanlar ustidan gʻalaba qozonish ramzi, turkiy xalqlarning qutqaruvchisi
sifatida koʻriladi. Tashkilot Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda taqiqlangan.