Zimbabve politsiyasi oʻzini «paygʻambar» va din etakchisi deb eʻʻlon qilgan Ismoil Chokurongerva hamda uning etti nafar sheriklarini jinoiy harakatlar, jumladan, voyaga etmaganlarga nisbatan zoʻravonlik uchun hibsga oldi.

Ular politsiya tomonidan Harare yaqinidagi fermada oʻtkazilgan reyddan soʻng hibsga olingan. Reyd davomida rasmiy taʻʻlimga bormagan va “hayotiy koʻnikmalarni oʻrgatish uchun qoʻl mehnati bilan shugʻullanayotgan”, aslida esa arzon ishchi sifatida foydalanilayotgan maktab yoshidagi bolalar topilgan. 251 nafar boladan 246 nafarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi boʻlmagan, deb yozadi The Guardian.

Huquq-tartibot idoralari vakillarining soʻzlariga koʻra, fermada 16 ta qabr ham topilgan, u erda 9 nafar kattalar va 7 nafar bola dafn etilgan.

Mavzuga aloqador