Ukraina armiyasi bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ilk bor ukrain qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyotiga izoh berdi. “Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining 1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”, - dedi u.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiyning videoaloqa orqali qilgan hisobotidan parcha eʻʻlon qildi.

“Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining 1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”, - dedi Sirskiy.

"Biz Rossiyaning Putin davrida qanday harakat qilayotganini koʻrmoqdamiz: 24 yil oldingi Kursk falokati - uning hukmronligining ramziy boshlanishi va bularning barchasi qanday yakunlanayotganini koʻrmoqdamiz", - deya 24 yil muqaddam choʻkib ketgan “Kursk” atom suv osti kemasiga ishora qildi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti "Rossiya boshqalarga olib kelgan urush endi vataniga qaytmoqda", deb taʻʻkidladi. Uning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlari aynan Kursk viloyatining Sumi oʻqqa tutilgan hududlarini nazoratga olgan. “Bugungi kun va 1 iyundan buyon bu Sumi viloyati hududiga qariyb 2100 ta hujum uyushtirdi, shuning uchun operatsiyalarimiz faqat Ukraina uchun xavfsizlik, chegara hududini rossiyalik harbiylardan ozod qilish masalasidir”, - dedi Zelenskiy.

Oʻz navbatida, Urushni oʻrganish boʻyicha Amerika instituti (ISW) tahlilchilari Aleksandr Sirskiyning Ukraina armiyasi 1000 kv. km. Rossiya hududini nazorat qilayotgani haqidagi bayonotining toʻgʻriligiga shubha bildirishdi.

"ISW Ukraina kuchlari taxminan 800 kvadrat kilometr oldinga oʻtgani haqidagi bayonotlarni koʻrdi, ammo ISW Ukraina kuchlari Ukrainaning maksimal darajada ilgari surilgan barcha hududlarni nazorat qilishiga ishonmaydi", - deyiladi xulosada.

Avvalroq, dushanba kuni Ukraina qoʻshinlari kirib borgan Rossiyaning Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchisi Aleksey Smirnov ukrain Qurolli kuchlari 480 kv. km. metr maydonni hamda hududdagi 28 ta aholi manzilini nazorat qilayotganini bildirgan edi. Uning maʻʻlumotlariga koʻra, ukrain qoʻshinlari mamlakat ichkarisiga qarab 12 km, kengligi 40 km boʻlgan hududlarni bosib olgan.

Ukrainaning DeepState loyihasi esa Rossiyaning 44 ta aholi manzili Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida ekanligini yozdi.

 

Mavzuga aloqador