Yaponiyada 100 yoshdan oshgan aholi birinchi marta 95 mingdan oshdi
Yaponiyada ketma-ket 54 yildan buyon 100 yoshdan oshganlar soni ortib bormoqda. Sentyabrʻ oyi holatiga koʻra, mamlakatda 100 yoshdan oshgan aholi soni bir yil ichida qariyb 3 ming kishiga koʻpayib, 95,1 ming nafardan oshdi.
Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi
mamlakatda keksalar soni ortib borayotgani haqidagi statistik maʻʻlumotlarni
eʻʻlon qildi.
Unga
koʻra, 100 yoshdan oshgan aholi soni ketma-ket 54 yildan buyon ortib borayotgani qayd etildi.
Sentyabrʻ oyi holatiga koʻra, mamlakatda 100 yoshdan oshgan aholi soni 95 119
nafarni tashkil etdi.
Mamlakatda “bir asr yashaganlar” soni mamlakat tarixida birinchi marta 95
mingdan oshdi. Oʻtgan yilgi maʻʻlumotlarga nisbatan bu raqam 2 980 nafarga koʻpaygan. 100 yoshdan
oshganlarning 83 958 nafarini ayollar, 11 161 nafarini erkaklar tashkil etgan.
Vazirlik matbuot kotibi bu boradagi bayonotida
"Keksalarning jamoalarida qulay yashashlarini davom ettirishlari uchun tibbiy
va hamshiralik xizmatini oʻz ichiga olgan ijtimoiy taʻʻminot xizmatlarini oshirishga
harakat qilamiz",
dedi.
Yaponiyada "bir asrdan ortiq umr koʻrganlar" haqidagi
aholi maʻʻlumotlarini
birinchi marta 1963 yilda eʻʻlon
qilingan.
Taxminan 125 million aholiga ega Yaponiya oʻzining uzoq umr
koʻrishi bilan mashhur. Eng keksa odam 116 yoshli Itooka Tomiko ham Yaponiyada istiqomat qiladi.
Avvalroq Yaponiyaning
umumiy aholisi ketma-ket 15 yildan beri qisqarib
kelayotgani, bir yil ichida yarim milliondan ortiq kishiga kamaygani haqida xabar bergan edik. Jumladan, oʻtgan yili Yaponiyada
tugʻilish koʻrsatkichi 730 mingni, oʻlimlar soni esa 1,58 milliontani tashkil etgan. Shuningdek,
mamlakatda aholi yoshi tobora keksayib bormoqda.