Italiya Xitoyning “Zamonaviy ipak yo‘li” loyihasidan chiqdi
Italiya hukumati Xitoyning Rimdagi elchixonasiga Xitoyning "Bir kamar va yoʻl tashabbusi"dan chiqish uchun rasmiy bildirishnoma yubordi. Bu haqda Corriere della Sera gazetasi xabar qildi.
Notada
Italiya Xitoyga rasmiy Pekinning tarixiy Buyuk ipak yoʻli oʻrnida savdo-sotiqni
qaytadan jontirish tashabbusi sifatida tanilgan ushbu tashabbusdagi ishtirokini
uzaytirmasligini bildirgan.
Bosh vazir
oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani oʻz bayonotida: "Ipak yoʻli
bizning ustuvor vazifamiz emas, biz uning kerakli effektlarni yaratmaganini
koʻrdik. Unda ishtirok etmaganlar yaxshiroq natijalarga erishdi", - dedi.
Italiya
"Bir kamar va yoʻl tashabbusi"da ishtirok etgan yagona G7 davlati edi.
Italiya
2019 yil mart oyida Juzeppe Konte boshchiligidagi 1-Konte hukumati davrida Xitoy
rahbari Si Tszinʻpin bilan Rimda imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi orqali
“Bir kamar va yoʻl tashabbusi”ga kiritilgan edi.
Avgust
oyida Italiya matbuotida Italiya "Bir kamar va yoʻl tashabbusi" dan chiqish
uchun "nozik chiqish yoʻlini qidirayotgani" haqida xabarlar paydo boʻlgandi.