100 kundan ortiq vaqt ichida Gʻazodan toʻqqiz mingta, Livandan esa ikki mingtasi Isroil yoʻnalishida raketa otildi. Oʻz navbatida, ushbu davrda Gʻazo sektoridan 9 mingta, Livandan 2 mingta raketa uchirilgan.

Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabrdan buyon ishgʻol ostidagi Gʻazo sektorida qariyb 30 ming nishonga zarba berilganini bildirdi. Isroil bu hujumlarda HAMASning 9 mingdan ortiq aʻʻzosi oʻldirilganini iddao qilmoqda.

Isroilning 2,3 million kishi istiqomal qiladigan Falastin anklaviga hujumlari xalqaro hamjamiyatning chaqiriqlariga qaramay davom etmoqda.

Avvalgi oylarda Gʻazo sektori shimoli shiddatli hujumga uchragan va yuz minglab falastinliklar mamlakat janubiga qochishga majbur boʻlgan edi.

Oʻtgan yilning dekabrʻ oyidan Isroil armiyasi avvalroq xavfsiz hudud deb eʻʻlon qilgan eksklavning markaziy va janubiy hududlariga hujum uyushtirmoqda.

Hisobotga koʻra, oʻtgan yilning 7 oktyabridan buyon Gʻazo sektoridan 9 mingta, Livandan ikki mingta raketa uchirilgan.

Armiya matbuot xizmati, shuningdek, Livandagi «Hizbulloh» harakatining 750 «nishoniga» zarba berilgani haqida xabar berdi.

Hujumlar natijasida bugungi kunga qadar 24,1 ming falastinlik halok boʻldi, 61 mingga yaqini jarohatlandi. 

Mavzuga aloqador