Eronning yangi saylangan prezidenti Masʻʻud Pezeshkiyanning innaguguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga borgan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga suiqasd uyushtirildi. Haniya va uning bir tan soqchisi halok boʻldi.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda oʻldirildi. Bu haqda Eronning Mehr axborot agentligi maʻʻlum qildi.

OAV maʻʻlumotlariga koʻra, siyosatchi va uning bir tan soqchisi Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujum natijasida hayotdan koʻz yumgan.

Ismoliy Haniya Tehronga Eronning yangi saylangan prezidenti Masʻʻud Pezeshkiyanning innaguguratsiya marosimida ishtirok etish uchun borgan edi.

Mavzuga aloqador