Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 347 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Xon Yunis va Nusayrat va Burayj lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 35 kishi shahid boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41261 kishi halok boʻldi.

▪️Tunda fashistlar Bureyj lageridagi turar-joy binolariga hujum qilib, qutqaruvchilarga qarata oʻq uzdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Ramallah, Al-Xalil va Jeninga bostirib kirdi. Ikki kishi jarohatlangan. Lagerlarga jihozlar tortilmoqda, tomlarga merganlar joylashtirilgan.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Iordan vodiysi hududidagi harbiy nishonlarga hujum qildi.

▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Hula shahriga hujum qildi. Bir kishi halok boʻldi, 4 kishi jarohatlandi.

▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi Francheska Albanese: Isroil Gʻazodagi genotsid tufayli xalqaro “yakkamoxov”ga aylanish xavfi bor. Uning BMTga aʻʻzoligi shubha ostida boʻlishi mumkin.

▪️Irlandiya Gʻazo sektori va bosib olingan Gʻarbiy Sohilda davom etayotgan urushdan jabr koʻrgan falastinlik talabalar uchun Irlandiya-Falastin stipendiya dasturi (IPSP) doirasida toʻliq stipendiyalar eʻʻlon qildi.

▪️Yaman husiylari Siyosiy byurosi aʻʻzosi Muhammad al-Buhaiti dushanba kuni Qoʻshma Shtatlardan hujumlarni toʻxtatish evaziga Sanodagi hukumatini tan olish boʻyicha "jozibali takliflar" olinganini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador