Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 159 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Jabaliya, Xon Yunis va Dayr al-Balohga hujum qildi. Kun davomida bosqinchilar 8 ta ommaviy qotillik sodir etildi, buning natijasida 72 kishi halok boʻldi, 129 kishi yaralandi.

▪️ 7 oktbyardan buyon Gʻazoda Isroil hujumlari natijasida jami 31 184 kishi halok boʻldi, 72 889 kishi jarohat oldi.

▪️ Isroilning navbatlarda gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga qarata amalga oshirgan hujumlari natijasida bugungi kunga qadar halok boʻlganlar soni 400 nafardan oshdi, 1,3 mingga yaqin kishi jarohatlandi.

▪️ Amerika bombalari Gʻazo sektorida yashovchi AQSh fuqarosini ogʻir yaraladi, uning uyi oʻsha kuni tunda ishgʻolchilar tomonidan Dayr al-Balohda bombardimon qilingan.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar 6 soat davomida Jenin va kasalxonalarga bostirib kirdi. Bosqinchilar 16 yoshli oʻsmir va 23 yoshli yigitni oʻldirgan. Shyafat lagerida isroillik snayper 13 yoshli bolani oʻldirdi.

▪️ Chililik 50 nafar advokat Xalqaro jinoiy sudga Isroil hukumati va uning bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxaga qarshi daʻʻvo arizasi bilan murojaat qildi.

▪️ Husiylar Qizil dengizda AQShning “Labun” esminetsiga hujum qildi.

▪️ Jazoir Isroilning Falastin hududidagi jinsiy zoʻravonliklarini tergov qilishga va Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.

▪️ YuNRVA rahbari: Gʻazoda toʻrt oydan sal koʻproq vaqt ichida halok boʻlgan bolalar soni butun dunyo boʻylab toʻrt yillik urushda oʻldirilgan bolalar sonidan koʻp.

▪️ Evropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Xosep Borrel Isroilni ochlikdan urush quroli sifatida foydalanayotganlikda aybladi.

▪️ Ramazonning ikkinchi kuni Quddusdagi Masjidul Aqsoda 45 ming falastinlik xufton va taroveh namozlarini oʻqidi.

▪️ Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Maxinur Oʻzdemir Goʻktash BMT sessiyasida isroil tenglik va ayollarni rivojlantirish ishlari vaziri Mey Golan nutq qilayotgan vaqtda zalni namoyishkorona tark etdi.

Mavzuga aloqador