BMT bosh kotibining sobiq oʻrinbosari va Iroq gumanitar yordam koordinatori, nemis diplomati Xans fon Sponek oʻtgan hafta Turkiyada boʻlib oʻtgan TRT World Forum forumida Anadolu muxbiriga jazosizlikka asoslangan, kuchlilar haqli degan xulosaga kelinayotgan bugungi dunyo tartibi barqaror emasligi va islohotlarga ehtiyoji borligini taʻʻkidladi.

U qonunni buzganlar jazosiz qolishlari mumkin emasligi va javobgarlikka tortilishi kerakligini aytib oʻtdi.

Isroilning Gʻazoga hujumlari bilan bogʻliq Evropadagi hukumatlar va fuqarolik jamiyati guruhlarining munosabatlari bir-biriga zid kelayotganiga eʻʻtibor qaratgan Sponek Germaniyani misol qilib keltirib, “hukumat "Isroilni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak", desa, muxoliflar "Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy sohildagi xatti-harakatlarini qabul qilmaymiz”, deydi”, degan fikrlarni bildirdi.

Sponek Evropada odamlar Falastinni qoʻllab-quvvatlash uchun namoyish oʻtkazayotgan bir paytda davlatlarning Isroil tarafini olib, Falastinni qoʻllab-quvvatlashga toʻsqinlik qilishga uringanini qabul qilib boʻlmas holat deb hisoblashini aytdi.

Demokratik rejimlarda har kim oʻzini ifoda etish huquqiga ega boʻlishi kerakligini taʻʻkidlagan Sponek "demokratiya bilan boshqarilishini daʻʻvo qiladigan davlatning asosiy tamoyili" boʻlgan har bir inson, xoh falastinlik, xoh nemis yoki boshqa millat vakili, toki zoʻravonlikka chaqirmas ekan, oʻz fikrini erkin ifodalashi mumkinligini aytdi.

Sponek, shuningdek, BMT tuzilmasini tanqid qilib, islohotlarga chaqirdi.

BMTning koʻp yuzi borligini taʻʻkidlagan Sponek "BMTning siyosiy yuzi, yuridik yuzi, sud yuzi bor. BMTning ijrochi yuzi ham bor... Ukraina, Gʻazo va boshqa joylarda insonparvarlik yordamini koʻrsatayotgan tashkilotlari ham mavjud. Biroq mamlakatlarning Gʻazodagi kabi vaziyatga tushib qolishining oldini olish uchun BMTni siyosiy darajada isloh qilish kerak. Bunga endi yoʻl qoʻymaslik kerak”, - dedi.

"Bizda mavjud boʻlgan hozirgi dunyo tartibi odamlar uchun barqaror emas. Urush boshlab, hech qanday jazosiz, javobgarliksiz, faqatgina jazosizlik bilan olgʻa ketaveradigan dunyo boʻlmasligi kerak. Chunki haqlilar emas, kuchlilar moʻʻʻtabar deb oʻylaysiz”, - dedi Sponek hozirgi dunyo tartibi haqida.

"Har kim qilmishiga yarasha javob berishishiga erishmogʻimiz lozim. Yaxshi ishlarni qilayotgan odamlarni maqtash, ularga yordam berish orqali masʻʻuliyatni oʻz zimmamizga olishimiz kerak. Qonunlarni buzganlarni esa jazolay olishimiz kerak", - dedi Sponek.

Mavzuga aloqador