Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 328 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Nusayrat lageri, Dayr al-Baloh va Xon Yunisga hujum qildi. Kun davomida 51 kishi halok boʻldi.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon 40585 nafar falastinlik eksklavda Isroil tajovuzi qurboni boʻldi, ulardan 10980 nafari ayol va kamida 16589 nafari bolalar, yana 93778 nafari yaralangan.

▪️Gʻarbiy Sohilda natsistlar 2002 yildan beri eng yirik hujumlarini davom ettirmoqda. Butun bir jangovar divizion ishtirok etmoqda.

▪️Bosqinchilar hujum qilinayotgan shaharlar roʻyxatini kengaytirdi. Nablus, Xalil, Baytlahm va Shuafat lageriga hujum qilindi. 12 falastinlik halok boʻldi, 22 kishi yaralandi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.

▪️TsAXAL harbiylari Gʻazo sektorida BMT Oziq-ovqat dasturi xodimlarining avtomobiliga 10 marotaba oʻq uzdi. Hujum oqibatida tashkilot xodimlari jabrlanmadi, biroq faoliyatini qisqa muddatga toʻxtatdi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Hayfa elektr stantsiyasiga hujum qildi.

▪️Evropa Ittifoqi rahbari Smotrich va Ben Gvirga qarshi sanktsiyalar joriy etishga chaqirdi.

▪️BMT bosh kotibi Isroilni Gʻarbiy Sohildagi harbiy amaliyotini zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi.

▪️Ishgʻol matbuoti: “10 oydan keyin charchadik”. Gʻazodagi barcha brigada va batalʻonlardan oʻnlab askarlar sulh va dam olishni soʻradi.

▪️Eron diplomatik vakolatxonasi husiylar 21 avgust kuni tongda Qizil dengizda hujum qilgan Sounion tankerini olib ketishga rozi boʻlganini maʻʻlum qildi. Kemadagi yongʻin haligacha davom etmoqda va dengizga neftʻ oqib tushish xavfi mavjud. 

Mavzuga aloqador