Belarus respublikaning Gomel viloyati xududiga kirgan Rossiyaning "Shahed" tipidagi kamikadze dronini urib tushirdi. Bu haqda Belarusning mustaqil harbiy monitoring markazi “Belaruski Hajun” xabar berdi.

Loyiha tahlilchilarining aniqlik kiritishicha, 28 avgustdan 29 avgustga oʻtar kechasi Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi yirik hujumi chogʻida "Shahed" hujumchi dronlaridan biri Belarusning Elʻskiy tumaniga uchib kirgan.  

Shundan soʻng respublika harbiy-havo kuchlari rahbariyati qiruvchi samolyotni xavoga koʻtarib, dronni 20 daqiqa davomida taʻʻqib qilgan va soʻng uni yoʻq qilgan.

Buning isboti sifatida loyiha soat 03:55 atrofida ikkita kuchli portlashdan uygʻongan Elʻskiy tumani aholisining guvohliklarini keltirgan. Guvohlarning xabar berishicha, osmonda yorqin chaqnashni koʻrishgan.

Shunday qilib, Belarus osmonida ilk bor haqiqiy urush hodisasi kuzatildi va bunga mamlakatning "ishongan" ittifoqchisi Rossiya uchuvchisiz uchogʻi sababchi boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador