Germaniyada pichoqli hujum oqibatida uch kishi halok boʻldi
Germaniyaning Shimoliy
Reyn-Vestfaliya viloyatida Solingen
shahrining 650 yilligiga bagʻishlangan festival chogʻida nomaʻʻlum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Hodisada uch
kishi halok boʻldi, besh kishi ogʻir yaralangan. Hujumchi qochishga ulgurgan, hozirda u
qidirilmoqda.
Germaniyaning
Shimoliy Reyn-Vestfaliya viloyatida Solingen shahrining 650 yilligiga bagʻishlangan
festival chogʻida nomaʻʻlum shaxs pichoq bilan odamlarga hujum qildi, deya xabar
berdi Anadolu agentligi.
Nemis
nashrlarining yozishicha, nomaʻʻlum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qilib, qochishga
muvaffaq boʻlgan.
Mintaqaga koʻp sonli politsiya va tibbiy guruh yuborildi.
Vuppertal politsiya departamenti vakili Aleksandr Krestaning
aytishicha, pichoqli hujum
bilan bogʻliq qoʻngʻiroqlar mahalliy vaqt bilan soat 21:37 da kela boshlagan. Unga
koʻra, hujum oqibatida 3 kishi halok boʻlgan.
Politsiya vakilining taʻʻkidlashicha, hujumchi qidirilmoqda va hozircha uning shaxsi haqida
hech maʻʻlumotga ega emas.
SNN
xabariga koʻra, hujum
natijasida sakkiz kishi jarohatlangan, besh nafarining ahvoli ogʻir.
Solinger Tageblatt gazetasiga koʻra, hujum Solingen shahrining
650 yilligiga bagʻishlangan festivalda sodir boʻlgan, "Turlilik festivali"
deb nomlangan bayram 25 avgust, yakshanba kuniga qadar davom etishi kutilgan edi.