Ozarbayjon va Oʻzbekiston birgalikda parom ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Paromlar Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun taqdim etiladi. Loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.

Ozarbayjon va Oʻzbekiston birgalikda parom ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Trend xabar berdi.

Paromlar Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun taqdim etiladi. Loyiha qiymati 150 million dollarni tashkil etadi.

Tomonlar, shuningdek, transport va tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Xususan, ombor infratuzilmasini birgalikda qurish, Transkaspiy yoʻnalishi boʻyicha tashuvlarni rivojlantirish uchun qoʻshma korxona tashkil etish va boshqa loyihalar koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, 22 avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston—Ozarbayjon biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Muzokaralar yakunida 2 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirildi.

Bundan tashqari, 23 avgust kuni prezident Ilhom Alievning Toshkentga tashrifi doirasida davlat rahbarlarining ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 520 million dollarlik 7 ta loyiha ishga tushirishga tayyorlandi.

2023 yil avgustida transport vazirining sobiq oʻrinbosari Abdusamat Moʻminov Oʻzbekistonning Boku portidagi ombor infratuzilmasidan foydalanishga qiziqishi borligini maʻʻlum qilgandi. 2022 yilda Boku porti orqali yuk tashish hajmi 904 ming tonnani tashkil etib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 65 foizga oshdi.

Oldingi uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Transkaspiy yoʻlagi doirasida qoʻshma logistika kompaniyasini tashkil etish, Boku va uchinchi davlatlar portlarida omborlar va logistika markazlarini qurish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Mavzuga aloqador