Forbes jurnali Saljuq Bayroqdorni milliarderlar roʻyxatiga kiritdi. 44 yoshli Bayroqdorning boyligi 1,2 milliard dollarga baholanmoqda. Bugungi kunda u dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatida 2456-oʻrinni egalladi.

Saljuq Bayroqdor 44 yoshda va Turkiyadagi harbiy uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaruvchi Baykar shirkatining 52,5 foiz aktsiyalariga egalik qiladi. U direktorlar kengashini boshqaradi va texnik direktor ham hisoblanadi.

Bayroqdor shirkatni ukasi Haluk Bayroqdor bilan birga boshqaradi. Shirkat 1984 yilda ularning otasi Oʻzdemir tomonidan Turkiya avtomobilʻ sanoati uchun portlar ishlab chiqarish uchun asos solingan.

Baykar 2022 yilda 1,4 milliard dollarlik sotuvga erishgan edi. Evropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi harbiy shartnomalar tufayli eksporti 2023 yilda 1,8 milliard dollarga etdi.

2016 yilda Saljuq Sumayya Erdoʻgʻanga uylanib, Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning kuyovi boʻldi.

Saljuq Bayroqdor kim?

Mavzuga aloqador