Oʻz viloyati sel qurbonlar va vayronagarchiliklarga sabab boʻldi
Oʻz
viloyati sel qurbonlar va vayronagarchiliklarga sabab boʻldi
14 iyulʻ
kuni kuchli yogʻingarchilik tufayli Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatining koʻplab hududlarida
sel keldi. Oqbuyra daryosi qirgʻoqlaridan toshib, Oʻsh shahri koʻchalarini, jumladan, markaziy
bozorni suv bosdi. Eng kamida besh kishi – “Mol Buloq” dam olish zonasida suv
oqimi 44 yoshli ayol va uning 6, 10, 19 yoshli qizlarini oqizib ketdi, Oʻsh shahrida
odamlarni evakuatsiya qilish jarayonida qatnashayotgan erkakni esa KamAZ tasodifan
yurib ketishi natijasida bosib ketdi va oʻlimiga sabab boʻldi.
Oʻsh
shahrida suv toshqini oqibatlari bartaraf etilgunga qadar favqulodda holat joriy
etildi. 300 nafarga yaqin kommunal xizmat xodimlari, Favqulodda vaziyatlar
vazirligi qutqaruvchilari hamda Oʻsh garnizoni harbiy xizmatchilari yoʻl va
inshootlarni suv toshqinlaridan tozalashda ishtirok etmoqda. Dastlabki
maʻʻlumotlarga koʻra, Oʻsh viloyati va Oʻsh shahrida sel oqibatida Qora-Suv taqsimlash
zonasining 7,5 ming nafar isteʻʻmolchisi elektr taʻʻminotisiz qolgan. Sel 8 ta
elektr ustunlarini yuvib ketgan. Oqim ettita mashinani ham yuvib ketgan, ulardan
toʻrttasi topilgan.
7 yoshli
qizning jasadi Oʻzbekistondan topildi
Jasad
kecha, 14 iyulʻ kuni taxminan soat 22:10 da Andijon (Oʻzbekiston) shahridagi
Shahronsoy kanalidan topilgan. «Dostuk» nazorat-oʻtkazish punktida uning jasadi
Qirgʻiziston tomoniga topshirilgan.
Favqulodda
vaziyatlar vazirligidagi Kaktus.media tahririyatiga aniqlik kiritishicha, qiz
Toʻloykan qishlogʻidagi «Molbuloq» dam olish maskanida bedarak yoʻqolganlardan biri.
Uning onasi va ikki opasini qidirish ishlari davom etmoqda.
Oʻsh
shahridagi bozorlardan birida loy oqib ketgan ayolni ham qidirish ishlari olib
borilmoqda.
Vayronagarchiliklar
Oʻsh
shahrida sel oqibatida 146 turar-joy binosi va bitta bolalar bogʻchasi vayron
boʻlgan. Bu haqda Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Oʻsh
viloyatining Qora-suv tumani Madi, Dodhoh, Boshbuloq qishloqlarida 642 ta uy va 9
ta ijtimoiy obʻʻektni suv bosdi. Toʻrtta maktab, bitta bolalar bogʻchasi, ikkita
shifoxona, muzey va tez tibbiy yordam punkti binolari shikastlangan.
Andijonda
koʻprikni suv yuvib ketdi
Andijon
viloyatining Xoʻjaobod va Jalaquduq tumanlarida ham sel toshqinlari koʻprik qulashiga
sabab boʻldi.
Koʻprik
Jalaquduq tumani Yorqishloq qishlogʻidan oʻtuvchi «Oqboʻyra soy» ustiga qurilgan.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning yozishicha, uning qulab tushishida soyda qoʻshni
Qirgʻizistondan oqib kelgan va toʻsatdan yuz bergan kuchli sel hodisasi asosiy omil
boʻlishi mumkin.
Hodisa
natijasida hech kim jabrlanmagani maʻʻlum qilindi.
Andijon
viloyati hokimligi matbuot xizmatining maʻʻlum qilishicha, ayni daqiqalarda viloyat hamda
har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga
etib borgan va ish olib bormoqda.