Qozogʻiston Rossiya gʻallasini import qilishni taqiqladi
Avvalroq faqat un tegirmonlari va parrandachilar uchun Rossiya donini olib kirishga ruxsat bergan Qozogʻiston endilikda rus gʻallasi importiga 6 oy muddatga toʻliq taqiq qoʻymoqchi. Qozoq bugʻdoyiga eksport bojini joriy etish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda. Bu Qozogʻiston bugʻdoyining anʻʻanaviy tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy taʻʻsir koʻrsatishi mumkin.
Qozogʻistonda
Idoralararo komissiya yigʻilishida Rossiya donini Qozogʻistonga olib kirishni toʻliq
taqiqlash masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “APK Novosti” xabar bermoqda.
“Bugun
tashqi savdo siyosati masalalari boʻyicha hukumatlararo qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Natijada Qozogʻiston Respublikasi hududiga bugʻdoy olib kirishni 6 oy muddatga
vaqtinchalik toʻliq taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Rejalashtirilgan taqiq
IMS protokolining yakuniy imzolanishi, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligining
tegishli buyrugʻi qabul qilingandan soʻng joriy etilishi kutilmoqda. Taqiq taxminan
2024 yil avgustidan joriy etiladi”, — deya xabar berdi Qozogʻiston don ittifoqi.
Don
bozori ishtirokchilaridan biri bu qarorga izoh berdi.
“Taqiq
goʻyoki mahalliy xomashyo ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida
kiritilmoqda. Toki arzon rus bugʻdoyi qozoq gʻallasini bozorda ham, eksportga sotishga
ham xalaqit bermasin”, — dedi u.
Eksport
bojini joriy etish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
“50
foizlik boj joriy qilishmoqchi. Bojning joriy etilishi don eksporti narxi odatda
qozoq doni eksport qilinadigan anʻʻanaviy bozorlarda raqobatbardosh boʻlmasligini
anglatadi”, - dedi yigʻilish ishtirokchisi qarorga izoh berar ekan.
Avvalroq
Qozogʻiston faqat un tegirmonlari va parrandachilarga Rossiya donini import
qilishga ruxsat bergan edi. Toʻliq taqiq bu korxonalar uchun ham import taqiqlanishini
anglatadi.