The Trump Organization Saudiya Arabistonining Dar Global qurilish kompaniyasi bilan Dubayda (BAA) osmonoʻpar bino qurish boʻyicha kelishuvni imzoladi. Trump Tower Dubai deb nomlanadigan mazkur binoda Trump mehmonxonasi va turar-joy majmuasi ham oʻrin oladi.

Payshanba kuni The Trump Organization Saudiya Arabistonining Dar Global qurilish kompaniyasi bilan BAAning ishbilarmonlik markazi hisoblangan Dubayda koʻp qavatli bino qurish boʻyicha hamkorlik shartnomasini eʻʻlon qildi.

Dar Global xabariga koʻra, Trump Tower Dubai "Dubayning oliy (elita) darajadagi bozori"ni moʻljalga oladi. Uning joylashuvi va dizayni esa yil oxirigacha maʻʻlum boʻladi.

Dar Al Arkan qurilish kompaniyasining xalqaro shoʻʻʻba korxonasi hisoblangan Dar Global maʻʻlumotlariga koʻra, osmonoʻpar bino Trump mehmonxonasi va turar-joy majmualarini oʻz ichiga oladi.

Dubaydagi qurilish haqida Dar Global Saudiyaning qirgʻoq boʻyidagi Jidda shahrida koʻp qavatli minora qurish boʻyicha The Trump Organization bilan boshqa bir kelishuvni eʻʻlon qilganidan ikki hafta oʻtgach paydo boʻldi.

AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp 2017 yilda prezidentlikka kelganidan soʻng oʻz koʻchmas mulk imperiyasini boshqarishni oʻgʻillariga ishonib topshirgan, biroq oʻzi The Trump Organization dagi ulushini saqlab qolgan.

Bu yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod boʻlgan Tramp prezidentlik davrida Fors koʻrfazidagi arab davlatlari bilan yaqin aloqalarni davom ettirdi va ilk xorijga safari uchun Saudiya Arabistonini tanladi.

"Biz Dubaydagi mashhur Trump Tower ishga tushirilishi bilan mintaqadagi ishtirokimizni yanada kengaytirishdan faxrlanamiz", dedi Trump Organization ijrochi vitse-prezidenti va sobiq prezidentining oʻgʻli Erik Tramp oʻz bayonotida.

Mavzuga aloqador