Dunyodagi urushlar vayronagarchilik keltirishi, inson huquqlarining keng miqyosda buzilishi va gumanitar xalqaro vaziyatni izdan chiqarishi sir emas. Shunga qaramay, jahonda urushlarga butunlay boshqa tarafdan – manfaat nuqtai nazaridan qaraydigan oʻyinchilar ham bor. 

Urush tujjorlari uchun turfa xalqlar tortayotgan azob-uqubatlar qurol sotishdan olinadigan milliardlab dollarlik foydaga taqqoslaganda arzimasdir. 

Achinarlisi, xalqaro maydonda oʻzini inson huquqlarining himoyachisi sifatida koʻrsatayotganlar aslida global qurol savdosining faol ishtirokchilari hisoblanadi. 

Genf akademiyasining maʻʻlum qilishicha, hozirda dunyo boʻylab taxminan yuzdan ortiq qurolli toʻqnashuvlar boʻlib turganini aytadi. Ushbu toʻqnashuvlarning aksariyati Global Janubda sodir boʻlmoqda, garchi ularning aksari Gʻarb kuchlari yoki koʻp millatli korporatsiyalar tomonidan moliyalashtirilayotgan yoki boshqarilayotgan boʻlsa ham.

Akademiyaga koʻra, 110 ta qurolli toʻqnashuvdan 45 tasi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida, 35 tasi Afrikaning qolgan qismida, 21 tasi Osiyoda va 6 tasi Lotin Amerikasida sodir boʻlmoqda.

Ushbu qurolli toʻqnashuvlarning eng dahshatlisi hozirda dunyoning eng kambagʻal va ajratib qoʻyilgan mintaqalaridan biri boʻlgan Gʻazoda yuz bermoqda.

Isroil vahshiyliklari oqibatida kelib chiqadigan kelajakdagi oʻlim holatlarini baholash uchun dunyoning eng nomdor tibbiyot jurnallaridan biri boʻlgan The Lancet “Gʻazoda oʻlganlarni hisoblash ogʻir, ammo zaruriy”, deb nomlangan tadqiqot olib bordi.

Taxminlarga koʻra, Isroil 19 iyunʻ holatiga koʻra 37 396 falastinlikni oʻldirgan, bunda raqam oʻlim holatlari soni boʻyicha hisoblandi. 

Agar urush 19 iyunda tugaganida Gʻazo aholisining 7,9 foizi urush va uning oqibatlari tufayli oʻladi. Jurnal hisob-kitoblariga koʻra, bu “186 000 yoki undan koʻp oʻlimni” tashkil qiladi.

Falastinliklar nomaʻʻlum virus yoki tabiiy ofat tufayli emas, balki xalqaro noroziliklarga qaramay, Isroilga etkazilayotgan qurollar bilan oʻldirilmoqda.

Joriy yilning, 26 yanvarʻ kuni Xalqaro jinoyat sudi Gʻazoda ommaviy qirgʻin sodir etilganini koʻrsatuvchi etarlicha dalil borligini eʻʻlon qildi. 20 mayda Xalqaro jinoyat sudining bosh prokurori Karim Xon “tinch aholi qasddan oʻldirilayotgani”ni aytib oʻtdi.

Shunga qaramay, bosqinchilarga qurol etkazib berish toʻxtamayapti. Ajablanarlisi, ularning aksariyati rivojlanmagan davlatlarda inson huquqlari buzilayotganini aytib tahdid qiladigan Gʻarb hukumatlari tomonidan etkazilmoqda. Qurollarning asosiy manbalari – Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyada joylashgan. 

Baʻʻzi Evropa mamlakatlari Isroilga qurol etkazib berishni qisqartirishini yoki hatto toʻxtatishini eʻʻlon qilishiga qaramay, taqiq muddatini kechiktirmoqda. Masalan, Italiya “ilgari imzolangan buyurtmalarga” rioya qilishni talab qilmoqda va Buyuk Britaniya “kengroq koʻrib chiqish amalga oshirilmagunicha” qurol eksport litsenziyalarini qayta ishlashni toʻxtatdi.

Biroq, Vashington Telʻ-Avivga qurol etkazuvchi asosiy oʻyinchi boʻlib qolmoqda. 2016 yilda AQSh Isroilga 38 milliard dollarlik harbiy yordam berishni koʻzda tutadigan paktni imzolagandi. Ikki mamlakat oʻrtasida imzolangan ushbu uchinchi pakt 2018 yildan 2028 yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi.

Biroq urush AQSh siyosatchilarini asl majburiyatlaridan ham chetga chiqib, urush qurbonlari asosan ayollar va bolalardan iboratligini bilsa ham Isroilga yana 26 milliard dollar ajratdi.

Ikkiyuzlamachi AQSh hukumati Isroilni Gʻazodagi urushni toʻxtatishga chaqirishi barobarida sionistlarga yanada  koʻproq qurol berishda davom etyapti. 

Xuddi shu munofiqlik boshqa, oʻzlarini inson huquqlari va xalqaro tinchlik himoyachilari sifatida gavdalantiruvchi Gʻarb mamlakatlariga ham tegishlidir.  

Stokgolʻm Xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti maʻʻlumotlariga koʻra, 2019 yildan 2023 yilgacha dunyoning eng yirik oʻnta qurol eksportchilari orasida oltita Gʻarb mamlakati bor. AQShning oʻzi global qurol eksportining 42 foizini egallaydi, undan keyingi oʻrinni 11 foiz qurol savdosi bilan Frantsiya band etgan. 

Eng yirik oltita Gʻarb davlatining umumiy qurol eksporti global ulushning 79 foiziga toʻgʻri keladi.

Agar biz qurolli toʻqnashuvlarning aksariyati Global Janubda sodir boʻlayotganini hisobga olsak, tinchlik, demokratiya va xalqaro huquq himoyasini daʻʻvo qilgan AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlari ayni damda urush, qurolli toʻqnashuvlar va genotsidni qoʻllab-quvvatlovchi uyushmaga aylangan. 

Global Janub kelajagini oʻz qoʻliga olish uchun bu ochiq adolatsizlikka qarshi kurashmogʻi lozim. Davlatlar oʻz qitʻʻalarini Gʻarb qurollari uchun shunchaki bozor boʻlib qolishiga rozi boʻlmasliklari kerak. Arablar, afrikaliklar, osiyoliklar va janubiy amerikaliklarning qoni Gʻarb mamlakatlarining iqtisodiyotini saqlab qolish uchun toʻkilmasligi kerak.

Toʻgʻri, global mojarolarni toʻxtatish uchun qurol savdosini cheklashning oʻzigina etarli emas. Shunga qaramay, Gʻazodan Sudangacha va Kongodan Mʻyanmagacha boʻlgan mojaro zonalariga qurollarning erkin etkazilishi urush tegirmoniga suv qoʻyyapti.

Isroil va Mʻyanma inson huquqlariga rioya qilishi kerak, degan bahslarni davom ettirish mumkindir. Ammo Gʻarb oʻlim qurollarini sotish orqali iqtisodiyotini kuchaytirib olishdan tashqari begunoh insonlar oʻlimi uchun javobgarlikdan ham qutulib qolmoqda.  


Mavzuga aloqador