Butunjahon Hijob kuni tashkiloti tomonidan 2021 yilda boshlangan yillik global tadbirda musulmonlarning asrlar davomida erishgan yutuqlari va tsivilizatsiyaga qoʻshgan hissalari yoritiladi. Bu yil musulmon jamoalarining ishtiroki oʻtgan yilga nisbatan 10 barobar oshdi, deya xabar bermoqda «Islamnews».

1 may kuni butun dunyo boʻylab har yili oʻtkaziladigan Xalqaro musulmonlar tarixi oyligi boshlandi va bu yil musulmon jamoalarining ishtiroki oʻtgan yilga nisbatan 10 barobar oshdi, deya xabar bermoqda «Islamnews».

Nʻyu-Jersi shtatida joylashgan Butunjahon Hijob kuni tashkiloti tomonidan 2021 yilda boshlangan yillik global tadbir musulmonlarning asrlar davomida erishgan yutuqlari va tsivilizatsiyaga qoʻshgan hissalarini yoritishga qaratilgan. 
Oʻtgan yillar davomida yangi tashabbus va oʻzgarishlar sekin koʻzga tashlanayotganini kuzatish mumkin. 

“Biroq, ijtimoiy tarmoqlarimizga nazar tashlasak, bu yilgi tadbirlarda ishtirok etish oʻtgan yilga nisbatan 10 barobar koʻp ekanligini koʻramiz. Kashshof olimlardan tortib istiqbolli sanʻʻatshunoslargacha, rahmdil rahbarlardan tortib ilgʻor olimlargacha boʻlgan musulmonlar tarixi mustahkamlik, yangilik va mehr-shafqat hikoyalariga toʻla”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Mavzuga aloqador