Путиннинг БАА ва Саудия Арабистонига «блиц-тур»ида нималар ҳақида гап кетди?
6 dekabrʻ kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fors koʻrfazining ikki arab davlati: Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. TRT Haber xabariga koʻra, Rossiya rahbari BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Saudiya Arabistoni Vazirlar kengashi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Tashrifning qisqa muddatli xarakterini Rossiya prezidentining xalqaro
masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov «blits-tur» deb atadi. Hech qanday muhim kelishuvlar imzolanmadi yoki
yangi siljish tashabbuslari eʻʻlon qilinmadi. Shu bilan birga, Ushakov safarning
mohiyati "xalqaro hamjamiyat uchun signal" ekanligini taʻʻkidladi.
Tashrif yakunida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy
Peskov suhbat asosan tijoriy hamkorlik haqida boʻlgani va “investitsion hamkorlik
davom etishini” taʻʻkidladi.
BAAga tashrif
Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayan Putin bilan muzokaralar
chogʻida energetika va texnologiya sohasidagi hamkorlikka alohida urgʻu berdi. “Biz
uchun hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari innovatsiyalar, energetika,
infratuzilma va zamonaviy texnologiyalar kabi sohalardir”, - dedi u.
Putin esa
RF va BAA
oʻrtasidagi rekord darajadagi savdo aylanmasiga alohida eʻʻtibor qaratdi. “Oʻtgan yili tovar
ayirboshlash hajmi 67,7 foizga oshdi. Bu yil, menimcha, bundan ham koʻproq boʻladi.
Xuddi shu narsa investitsiya faoliyatiga ham tegishli”, - dedi u BAA prezidenti bilan
uchrashuvda.
Bundan tashqari, Putin sayyohlik almashinuvi rivojlanayotganiga toʻxtaldi. “Oʻtgan yili BAAga Rossiyadan qariyb bir
million - 900 mingdan
ortiq sayyoh tashrif buyurdi”, -
dedi u. Rossiya rahbari, shuningdek, BAAda rus maktabi ochilganini qayd
etib, BAA prezidentiga ushbu mamlakatda pravoslav cherkovi qurilishiga joy ajratgani uchun
minnatdorchilik bildirdi.
Rossiya prezidenti, shuningdek, Muhammad bin Zoid Ol Nahayanni
kelasi yili Qozonda boʻladigan BRIKS sammitiga taklif qildi.
Shu bilan birga, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novak hamkorlikning bir qancha
yoʻnalishlariga ishora qilib, ular orasida energetika sohasini alohida taʻʻkidladi.
“Biz uskunalarni sertifikatlash va Rossiya uskunalarini BAAdagi loyihalarda
qoʻllash boʻyicha qoʻshma loyihalar ustida ishlayapmiz, neftʻ va neftʻ mahsulotlari
savdosi oʻzaro manfaatli asosda amalga oshirilmoqda”, — dedi u.
Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Denis Manturov yaqin kelajakda EOII va BAA
oʻrtasida erkin savdo shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralarni yakunlash
istiqboliga ishora qildi.
“Yaqin kelajakda biz EOII va Amirliklar oʻrtasida savdo
shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralar yakunlanishini kutmoqdamiz”, - dedi Manturov
jurnalistlarga. U,
shuningdek, Kizad sanoat zonasidagi qoʻshma loyihalar va Rossiyaning qimmatbaho “Aurus” avtomobilining Amirliklar bozoriga
kirishini eslatib oʻtdi.
Saudiya Arabistoniga tashrif
Putin va Bin
Salmon Al Saud uchrashuvida koʻtarilgan mavzular qatorida neftʻ asosiy masala boʻldi.
Peskov har ikki tomon ham energiya bozorining barqaror holati uchun masʻʻul
ekanini tushunishini taʻʻkidladi. Shu bois OPEK+ doirasidagi hamkorlik
muzokaralar markazida boʻldi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, oʻz navbatida, Rossiya
bilan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishi sifatida xavfsizlik masalasiga eʻʻtibor
qaratdi. “Siyosiy hamkorlik sharofati bilan biz Yaqin Sharqda kechayotgan qator
jarayonlarga ijobiy taʻʻsir koʻrsata oldik, bu esa mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkamlash imkonini berdi”, — dedi u.
Rossiya prezidenti Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga ham
Moskvaga tashrif buyurishni taklif qildi. Valiahd shahzoda ushbu taklifga rozi boʻldi. Ammo javob tashrifining
tafsilotlari yoki sanalari hozircha maʻʻlum qilingani yoʻq.
Nihoyat,
Putin oʻgʻitlar sohasida qoʻshma Rossiya-Saudiya kompaniyasini yaratish tashabbusini ilgari surdi. Arab davlati
bu loyiha uchun tasodifan tanlanmagan: Saudiya Arabistoni oʻgʻitlar, xususan,
fosfor va azotning yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi hisoblanadi. 2022
yilda qirollik fosfat oʻgʻitlari eksporti boʻyicha jahon bozorining chorak qismini
egallash rejasini eʻʻlon qildi.
Putinning xorijga safarlari
Rossiya
prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoyat
sudi tomonidan xalqaro qidiruvga berilganidan buyon ilk bor Rossiya bilan
chegaradosh boʻlmagan mamlakatga tashrif buyurdi.
Putin
oktyabrʻ oyida order chiqarilgandan soʻng ilk xorijiy tashrifini Qirgʻizistonga amalga
oshirdi. Soʻngra oktyabrʻ oyida Xitoyga, noyabrda esa Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Shuningdek,
u Ukrainaning Moskva nazoratidagi hududlari boʻldi.
Putinning
arab mamlakatlariga tashrifi tugashi bilan 7 dekabrʻ kuni Moskvada Eron
prezidenti Ibrohim Raisi bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Maʻʻlumot
uchun, BAA va Saudiya Arabistoni Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini
ratifikatsiya qilgan davlatlar qatoriga kirmaydi, BAA esa shartnomani imzolagan,
lekin ratifikatsiya qilmagan, deb yozadi «Kommersant».
Vladimir Putin
BAAga IL-96 rusumli prezident samolyotida ikkitadan guruhlarga boʻlingan Su-35S
rusumli jangovar samolyotlar qurshovida bordi. Mazkur jangovar samolyotlar havodagi
nishonlarni urib tushirishga qodir R-73 va R-77 raketalari bilan jihozlangani
koʻringan.