Jahon banki mutaxassislari Kaspiy dengizi sathining pasayishi boʻyicha tadqiqot olib boradi. Ular 18 oy davomida avvalgi tadqiqotlar, mintaqaviy iqlim modellari natijalarini bosqichma‑bosqich oʻrganib, gidrologik modellarni tayyorlashadi.

Jahon banki mutaxassislari Kaspiy dengizi sathining pasayishi boʻyicha tadqiqot olib boradi. 7 fevralʻ kuni Jahon banki mutaxassislari tadqiqot ishlari olib boruvchi guruh bilan tanishish maqsadida KAspiy dengizi sohilidagi Aktau dengiz portiga tashrif buyurishdi.

Shunday qilib, keyingi 18 oy davomida HR Wallingford mutaxassislari Kaspiy dengizi boʻyicha oldingi tadqiqotlar maʻʻlumotlari, mintaqaviy iqlim modellari (RCM) natijalarini bosqichma-bosqich oʻrganib, raqamli balandlik modeli va suv havzalarining gidrologik modelini tayyorlaydilar.

Kelajakdagi iqlim oʻzgarishi stsenariylarini simulyatsiya qilish uchun dasturiy taʻʻminot (TELEMAC) yordamida butun Kaspiy dengizi hamda Aktau portini gidrodinamik modellashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan maʻʻlumotlar va tavsiyalar Aktau porti infratuzilmasi va uskunalarini rekonstruktsiya hamda modernizatsiya qilish boʻyicha keyingi loyihalarda qoʻllaniladi.

Maʻʻlumot uchun, soʻnggi oʻn yilliklarda Kaspiy dengizi sathining pasayishi ushbu ichki suv havzasiga tutash mamlakatlarning ekologiyasi, iqtisodiyoti va ijtimoiy jihatlariga taʻʻsir qiluvchi jiddiy muammoga aylandi. Mutaxassislar bu hodisaning uzoq muddatli oqibatlari, jumladan, biologik xilma-xillikning yoʻqolishi, suv va havo sifatining yomonlashishi hamda iqtisodiy barqarorlikka tahdidlar haqida xavotir bildirishdi.

Mavzuga aloqador