Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi tomonidan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga yollanib, Ukrainadagi urushda qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosi besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi. U 2016 yilda ishlash uchun Rossiyaga boradi va boshqa bir muhojirni qasddan oʻldirgani uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqxonaga “Vagner” rahbari Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi kelib, mahbuslarga ozodlikka chiqish, yuqori maosh va fuqaroligi boʻlmaganlarga Rossiya fuqaroligini vaʻʻda qiladi.

Rossiyaning «Vagner» PMK tarkibida jang qilgan Namangan viloyatida yashovchi Gʻolib Aliev Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi («Yollanish») bilan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud majlisida Aliev oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, 2016 yilda Rossiyaga ishlash uchun kelgan, biroq oradan maʻʻlum vaqt oʻtib, boshqa bir muhojirni qasddan oʻldirgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2022 yil 1 sentyabrʻ kuni “Vagner” XHK rahbari Evgeniy Prigojinning shaxsan oʻzi Aliev saqlanayotgan koloniyaga mahbuslarni Ukrainadagi urushga yollash uchun keladi. U bilan shartnoma olti oy muddatga shartnoma imzolash hamda oyiga 175 ming rubldan maosh toʻlash, sudlanganlikni olib tashlash hamda Rossiya fuqaroligini berishni vaʻʻda qiladi.

“Taxminan 700 yoki 800 mahbus jang qilishga rozi boʻldi. Men ham qamoqqa qolmaslik uchun ular bilan birga rozi boʻldim", - deydi Aliev oʻz himoyasida.

Harbiy lagerdagi mashgʻulotlardan soʻng oktyabrʻ oyi boshida Aliev asosiy janglar boʻlib oʻtgan Luganskka yoʻl oladi. 2023 yil yanvarʻ oyida elkasidan yaralangan va kasalxonada uygʻongan.

“2023 yil 17 fevralda harbiy gospitaldan chiqdim. Ular menga 600 ming rublʻ miqdorida mukofot puli berishdi”, - dedi sudlanuvchi. Avgust oyida Rossiya fuqaroligini oladi va "Jasorat uchun" medali bilan taqdirlanadi.

2023 yil dekabrʻ oyida vataniga qaytganidan soʻng Alievga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi «Yollanish» boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan.

Mavzuga aloqador