SpaceX turk kosmonavti uchayotgan Ax-3 missiyasi parvozini bir kunga kechiktirdi
SpaceX kompaniyasining Axiom-3 missiyasini Xalqaro kosmik stantsiyaga olib chiqishi kerak boʻlgan Falcon 9 raketasi parvozi bir kunga qoldirildi.
SpaceX kompaniyasi Ax-3 missiyasini uchirishni bekor qildi. Bu
haqda kompaniyaning X ijtimoiy tarmogʻidagi xabarida aytiladi.
Birinchi turk astronavti Alper Gezeravjini XKSga joʻnatadigan Axiom-3 missiyasining ishga
tushirilishi 18 yanvarga qoldirildi.
“Biz 18 yanvarʻ, payshanba kuni Ax-3 missiyasini orbitaga olib
chiqishni maqsad qilganmiz”, — deyiladi bayonotda.
Qayd
etilishicha, qoʻshimcha vaqt mutaxassislarga parvoz oldidan oxirgi tekshiruvlarni
yakunlash va kosmik kema haqidagi maʻʻlumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Bortida
Axiom-3 ekipajini olib uchayotgan Falcon –
raketasi parvozi 17 yanvardan 18 yanvarga oʻtar kechasi, Turkiya vaqti bilan soat 01:11 da
amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.